O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Guanchjou shahrida Xitoy kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Guanchjou shahrida Xitoy kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashdi

Guanchjou shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Xitoyning «BGI Group» kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Xitoyning «BGI Group» kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti bilan birgalikda bo‘lajak hamkorligimizning ta’limdan tortib farmasevtikagacha bo‘lgan sohalardagi bir qator istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. - Kadrlar salohiyatini oshirish va texnologiyalar almashinuvi e’tiborimiz markazida bo‘ldi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!