O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi.

U maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika bilan ta’minlashning yaqin, o‘rta va uzoq istiqbollarini belgilaydi, bu borada tegishli dasturlarni ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi. Boshqa qator vazifalarni amalga oshiradi. Davlat komissiyasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi tashkil etiladi. Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida esa xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadigan O'ztextreyd davlat unitar korxonasi tuziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!