O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSh delegasiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi.

Amerika idorasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga AQSh Prezidenti Jo Baydenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani, o‘zaro tovar ayirboshlash va investisiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

AQShning "Air Products", "Coca-Cola", "Citibank", "Visa" va boshqa ko‘plab yetakchi korxonalari va banklari bilan kooperasiya aloqalari rivojlanmoqda.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, "C5+1" formati hamda Savdo va investisiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Sanoat kooperasiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma platformani ishga tushirish muhim ekani ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!