O‘zbekiston radiasion xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha MAGATE va Rossiya bilan izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu haqida 14 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Toshkentbayev xabar qildi.
"Bu borada ta’minlash bo‘yicha oldimizda turgan vazifalardan eng muhimlaridan biri, bu - kadrlar masalasidir, - deydi Toshkentbayev. Ayni vaqtda 3 nafar o‘zbekistonlik talaba Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ko‘magida Moskva shahridagi Milliy MMFI - Milliy tadqiqot yadro universitetida o‘qimoqda. Keyinchalik ular o‘z faoliyatini departamentda amalga oshirishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari MAGATE iblan hamkorlikda qator ilmiy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Koronavirus tufayli ushbu tadbirlarning aksariyati onlayn tashkil etilmoqda. Ularda O‘zbekistonda 200 nafar mutaxassis onlayn ravishda va 85 nafari bevosita chet davlatlarga borib ishtirok etishdi.
Toshkentbayev aytishiga ko‘ra, bu borada Rossiya bilan ayniqsa yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan "Rostexnadzor" bilan hamkorlikda 2022-2023 yillarda 8 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiyaning Yadro xavfsizligi bo‘yicha ilmiy-texnik markazida, 3 nafari Novo-Voronej AESida va yana 2 nafarini Belarus AESida xavfsizlikni nazorat qilish bo‘yicha tajriba orttirish, o‘rganish uchun yuborish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu majlisda shuningdek O‘zbekistonda 4 mln. tonna radioaktiv chiqindilar borligi ma’lum qilingan edi. Ushbu chiqindilar Sovet Ittifoqi davrida uran konlari faoliyati natijasida to‘planib qolgan. Bu muammo Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham mavjud. Masalan, Qozog‘istonda — 240 mln. tonna, Qirg‘izistonda - 132mln. tonna, Tojikistonda - 42 mln.tonna, - deb xabar qilingan edi brifiongda. Ayni damda ushbu chiqindilar joylashgan hududlarni ekologik sog‘lomlashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.