O‘zbekiston Qatarga jun mato yetkazib berishi kutilmoqda

O‘zbekiston Qatarga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Bu haqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi xabar berdi.
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi boshchiligidagi o‘zbek to‘qimachilik delegasiyasi Qatarning "Barzan Holdings" kompaniyasi bosh direktori Abdulla Al Xatem bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuvda tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
“O‘zbekistonning "Uzwoolentex" kompaniyasi bilan Qatar kompaniyasiga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)