O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi

O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi

O‘zbekiston qishloqlarda qashshoqlikka qarshi kurashda Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi, deb yozadi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga tayanib “Sputnik”.

“Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasi Xitoyning qishloq joylarda qashshoqlikka qarshi kurash tajribasini o‘rgandi, biz bundan biz bilan keng foydalanishni istaymiz ... aynan Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish tajribasi ko‘pchilik uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin”, - dedi siyosatchi SHHT forumining ochilishida.

O‘zbekiston qashshoqlikka qarshi kurashni bir necha yil muqaddam boshlagan bo‘lsada, maqsad sari izchil qadam tashlamoqda. Bu xalqaro tashkilotlar, jumladan, SHHTning islohotlari va ko‘magi tufayli amalga oshdi. Shunday tariqa 2022 yilda respublikada qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14 foizga kamaydi.

Qashshoqlik bu — aniq chora ko‘rishni talab qiladigan muammo va SHHT mamlakatlari bu borada yetarli tajribaga ega, dedi Qo‘chqorov.

Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkilotining qashshoqlikka qarshi kurash va barqaror rivojlanish forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu fakt tashkilot uchun katta ahamiyatga ega, chunki dunyo aholisining yarmi SHHT davlatlarida istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!