«O‘zbekiston havo yo‘llari» yil oxiriga qadar 3 million yo‘lovchi tashishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» yil oxiriga qadar 3 million yo‘lovchi tashishni rejalashtirmoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi yil oxiriga qadar rekord miqdordagi yo‘lovchi — uch million kishini tashishni rejalashtirmoqda. Bu 2017 yilga qaraganda 16 foizga ortiqdir. Aviatashuvchi kompaniyaning o‘n oylik faoliyati yakunlarini taqdim etdi, deb yozadi «Gazeta.uz».

Oktyabr oyi oxiriga qadar o‘z manziliga yetkazilgan yo‘lovchilar soni 2,6 millionni tashkil etdi (2017 yilning o‘xshash davrida 2,2 million). Uzoq xorijdan 908,1 ming yo‘lovchi (2017 yildagi ko‘rsatkich 783 ming), MDH mamlakatlaridan — 1,2 milliondan ortiq (1,06 million) va respublika ichida 510 mingdan ortiq (411,7 ming) yo‘lovchi shular jumlasidandir.

«Mazkur ko‘rsatkichlarga bajarilgan reyslar soni kam bo‘lgani holda yo‘lovchi o‘rindiqlari bandligini oshirish hisobidan erishildi», — deya aniqlik kiritadi kompaniya. 2018 yilning yanvar—oktyabr oylarida bajarilgan reyslar soni 18,4 mingtani tashkil etgan, o‘tgan yilning shu davrida ular soni 19,4 mingtani tashkil etgan edi.

Respublikaning ichki yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimining oshirilishi 24 foizni tashkil etdi. Aviakompaniya reyslarida o‘n oy davomida yo‘lovchi o‘rindiqlarining bandligi 79,4 foizni (2017 yilning shu davrida 78,9 foiz), shundan uzoq xorijga reyslar — 74,9 foiz (74,5 foiz), MDH mamlakatlariga — 86,6 foiz (86,5 foiz) va ichki reyslar — 67,1 foizdir (62,2 foiz).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!