O‘zbekiston: "Falastin va Isroil o‘rtasidagi urushga Hayitgacha chek qo‘yish kerak"

O‘zbekiston: "Falastin va Isroil o‘rtasidagi urushga Hayitgacha chek qo‘yish kerak"

O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi sababli chuqur xavotirda ekanligini bildirdi. 

"Tomonlarni zo‘ravonlikka chek qo‘yish, vaziyatni beqarorlashtirishdan saqlanish va bundan buyon qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda musulmon olami uchun muqaddas hisoblangan Iyd al-Fitr arafasida mojaroni hal etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni safarbar etishga chaqiramiz.

Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa muqaddas qadamjolarning daxlsizligini – status-kvoga rioya etilishini ta’minlash zarur, deb hisoblaymiz.

Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq me’yorlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan avval qabul qilingan rezolyusiyalar hamda “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi lozim", deyiladi O‘zbekiston TIV bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!