O‘zbekiston dunyoda birinchilardan bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi

O‘zbekiston dunyoda birinchilardan bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi

O‘zbekiston dunyoda birinchilardan bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zkimyosanoati" axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov ma’lum qildi.

“O‘zkimyosanoat” tomonidan Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida “Yashil vodorodni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Qiymati 88,0 million dollarni tashkil qiladigan mazkur loyiha doirasida birinchi bosqichda 2025 yilda respublikamizda 3 ming tonna yashil vodorod va quvvati 52 MVt shamol trubinasi, ikkinchi bosqichda esa 500 ming tonna yashil ammiak va 2,4 GVt shamol trubinalari ishga tushiriladi”, - deya qayd etdi Eshbekov.

Qayd etilishicha, muqobil elektr energiya resurslaridan samarali foydalanish natijasida dunyoda birinchilardan bo‘lib yashil vodoroddan mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni dunyo bozorlariga yo‘naltirishga erishiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!