“O‘zbekiston – 2030”: xalqaro maydonda munosib raqobatlasha oladigan kadrlar tayyorlash tizimi yaratiladi

A A A
“O‘zbekiston – 2030”: xalqaro maydonda munosib raqobatlasha oladigan kadrlar tayyorlash tizimi yaratiladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida islohotlarni samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish belgilandi.

O‘zbekistonda demokratik yangilashning hozirgi bosqichida oliy yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori malakali va xalqaro maydonda munosib raqobatlasha oladigan kadrlarni tayyorlash zarur.

Ta’lim, ayniqsa, yuridik ta’lim tizimida xizmatlar bozorida nafaqat yangi davlat universitetlarining, balki yuridik sohadagi xorijiy va qo‘shma universitetlarning sog‘lom raqobat muhitida rivojlanishi ob’ektiv reallikka aylandi.

O‘zbekistonda yaqin-yaqingacha faqat Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) da oliy yuridik ma’lumot olish mumkin edi. Bugungi kunda esa yigirmadan ortiq fakultet va oliy ixtisoslashtirilgan o‘quv yurtlarida «Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi mavjud.

O‘zbekistonda har yili mingdan ortiq huquqshunos tayyorlanmoqda. Bu esa mavjud ehtiyojni qondirmaydi. Masalan, O‘zbekiston har 100 ming kishiga advokatlar soni bo‘yicha nafaqat dunyoda, balki mintaqada ham eng past ko‘rsatkichlardan birida. Masalan, O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 12 advokat to‘g‘ri keladi, Isroilda – 737, Yevropa Ittifoqida – 162, Rossiyada – 50, Qozog‘istonda – 22.

Shundan kelib chiqib, yuridik kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish borasida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2020 yil 29 apreldagi Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani yuridik ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tardi.

Oliy yuridik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida yuridik universitet rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan eng ilg‘or tajribalarni milliy oliy ta’lim tizimiga joriy etishda alohida maydoncha bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur dargohda O‘zbekistonda birinchi bo‘lib milliy oliy ta’lim muassasalari orasida kredit-modulli ta’lim tizimini joriy etildi. O‘quv jarayoniga Yevropa kredit tizimi tanlov fanlari bilan ta’minlangan holda kiritildi.

O‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yuridik kadrlarni kasbiy tayyorlash uchun zarur bo‘lgan eng muhim fanlar belgilandi. O‘quv reja va dasturlari optimallashtirildi, jahon tajribasi va bozor talablariga mos yangi fanlar joriy qilindi.

Har bir kursda kamida ikkita guruhda ta’lim ingliz tilida olib borilmoqda. Qolaversa, ushbu guruhlarda chet ellik professor-o‘qituvchilar mashg‘ulotlarni olib borayotganini alohida ta’kidlash joiz. Natijada har yili 70 dan ortiq ixtisoslashtirilgan fanlar ingliz tilida o‘qitilmoqda. Buning uchun o‘quv jarayoniga 35 nafar xorijlik mutaxassis jalb etilgan.

Talabalarning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, mustaqil fikr bildirish, qonun hujjatlarini qo‘llash va sharhlash kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida universitet yakuniy nazorat imtihonlari uchun nazariy savollar berish amaliyotidan voz kechib, kazus yechish tizimiga to‘liq o‘tildi.

Zamonaviy talablarga javob beradigan masofaviy ta’lim platformasi yaratilib, plagiatga qarshi tizim orqali tekshirish mexanizmlari ushbu tizimga integrasiya qilingan. Ushbu masofaviy ta’lim platformasiga 130 mingdan ortiq elektron kontentlar yuklangan.

Sifatli ta’lim tizimini yaratish, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va sifatli darsliklar bilan ta’minlash uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini va sifatli ta’lim kontentlarini tayyorlash, o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy uslublar asosida sifatli tashkil etish zarur.

Bu jarayonga xorijiy yetakchi ta’lim muassasalari professorlari ham jalb etilgan. Universitetda 200 ga yaqin darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanib, o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan.

Shuningdek, Buyuk Britaniya va AQShning yetakchi universitetlarining amaliy tajribasini inobatga olgan holda klinik ta’limni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Klinik yuridik ta’lim – yuridik klinikalar negizida amalga oshiriladigan advokatlarni kasbiy tayyorlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursi bo‘lib, u yerda talabalar o‘qituvchilar rahbarligida fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatadi. Ushbu o‘quv shakli standart ta’limga xalqaro miqyosda tan olingan qo‘shimcha bo‘lib, talabalar uchun amaliy tajriba bermoqda.

Eng muhim vazifalardan biri – 2030 yilgacha xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar reytingida eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kirishdir. Hozirda TDYUU UI GreenMetric World University Ranking reytingida (2023) dunyoning yetakchi universitetlari orasida 350-o‘rinni egalladi va TOP-500 ta universitetlar qatoriga kirdi. Ushbu ko‘rsatkichni 2022 yil bilan taqqoslaganda 100 pog‘ona yuqorilaganligini ko‘rish mumkin.

Xalqaro universitetlarda yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq mavjud holat va siyosat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini taqdim etuvchi bu reytingda TDYUU mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.

Round University Ranking xalqaro reyting tashkilotining 2023 yil uchun Subject Ranking (sohalar kesimida) reytingi natijalariga ko‘ra, TDYUU ijtimoiy-huquqiy fanlarni o‘qitish sohasi bo‘yicha 142-o‘rinni, Gumanitar fanlardagi ta’lim bo‘yicha 166-o‘rinni egallab, TOP–200 universitet orasidan joy egalladi.

Universitet ushbu ko‘rsatkich bilan O‘zbekistonda (Country rank) 1-o‘rinni qayd etdi.

Shu bilan birga, jahonning yetakchi ta’lim muassasalarining yuqori reytinglariga kirish uchun xalqaro va universitetlararo munosabatlarni tubdan o‘zgartirish va rivojlantirishni jadallashtirish, jahon huquqiy ta’lim makoniga integrasiyalashuv talab etiladi. Chunki bu ko‘rsatkichlar universitetlarning xalqaro maydonda tan olinishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu borada juda katta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlashda xorijiy tajribaning o‘rni va ahamiyati nihoyatda muhim bo‘lganligi sababli universitetimiz xorijiy davlatlarning ko‘plab nufuzli universitetlari va ilmiy markazlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan.

Bugun TDYUU Xalqaro universitetlar assosiasiyasiga (International Association of Universities – IAU), Xalqaro huquq maktablari Assosiasiyasi (International Association of Law Schools – IALS) va Yevropa huquq maktablari assosiasiyasi (European Law Faculties Association – ELFA), Yevropa universitetlar assosiasiyasiga (Observatory Magna Charta Universitatum) va Yevropa oliy ta’lim muassasalari assosiasiyasiga (European Association of Institutions in Higher Education – EURASHE) to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilingan.

Fikrimizcha, erishilgan natijalarga qaramay, yuridik ta’lim va fan oldida qator muammolar mavjud. Birinchidan, professor-o‘qituvchilar tarkibini yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan to‘ldirib borishga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda ilmiy hamjamiyat vakillarining faolligini oshirish, olimlarning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarishga qaratilgan kreativ yondashuvli loyihalarni ko‘paytirish, ijtimoiy voqeliklarning tub mohiyati bo‘yicha ilm ahlining chuqur mushohadali pozisiyasini yetkazib berish ishlarini tizimli tashkil etish lozim. Ikkinchidan, nazariya va amaliyot o‘rtasida ayrim tafovutli jihatlar mavjud. Tayyorlangan o‘quv adabiyotlarining asosiy qismi sof nazariy xususiyatga ega edi. Shu munosabat bilan o‘quvchilarning amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini tayyorlash zarur. Qolaversa, o‘quv jarayoni va ilmiy faoliyatning o‘zi ham amaliyotga yetarlicha yo‘naltirilgan emas edi. So‘nggi yillarda o‘qituvchilarning mehnatiga haq to‘lash darajasi sezilarli darajada oshdi, bu esa bugungi kunda amaliyotchi yuristlarni o‘quv jarayoniga keng jalb etish imkonini bermoqda. Uchinchidan, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois, ta’lim tashkilotlari va pedagoglarni akademik erkinligini mustahkam kafolatlashga qaratilgan huquqiy islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadga muvofiq.

Milliy, xorijiy huquq va huquq tizimlarini qiyosiy o‘rganishni tashkil etish maqsadida amaliyot o‘tash, professor-o‘qituvchilar va talabalarni xorijiy davlatlarning yetakchi oliy yuridik ta’lim muassasalari bilan almashinuvini tizimli asosda amalga oshirish zarur.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda yuridik ta’lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi natijasida yaqin davrda yuridik kadrlarni tayyorlashning milliy tizimi jahon andozalariga mos tizimga aylanadi. Yurist kadrlarning yangi avlodi davlatimiz rahbari boshlab bergan, xalqimiz tanlagan taraqqiyot yo‘lining huquqiy asoslarini yaratishga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.