O‘zbekiston 16 davlatga trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatga qiymati 102,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 21,8 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.
✅ Trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,2 mln dollariga oshgan.
✅ 2023 yilning 4 oyida O‘zbekiston trikotaj mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 32,8 mln
— Qirg‘iz R. – 28,7 mln
— Italiya – 17,2 mln
— Ozarbayjon – 6,2 mln
— Belarus R. – 5,5 mln
— Armaniston – 3,8 mln
— Polsha – 3,3 mln AQSh dollari
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)