O‘zbek adabiy tili vs Toshkent shevasi: «kim ustun» poygasi qachon tugaydi?

O‘zbek adabiy tili vs Toshkent shevasi: «kim ustun» poygasi qachon tugaydi?

Jahonda minglab tillar mavjud. Ko‘p tillilik deb ataladigan tillar orasidagi farq odatiy va tabiiy hodisadir. Xuddi shu kabi, bir tilning tarkibida ham turli ko‘rinishlari mavjud. Tillarning xilma-xilligi ko‘p tillilik bilangina cheklanib qolmaydi: bir til ichida turli variantlar bo‘ladi.

Nutqda turli variantlar paydo bo‘lishi uchun so‘zlovchining ijtimoiy mavqei, jinsi, yoshi, u yoki bu etnik guruhga tegishliligi, geografik joyi, kasbi va iqtisodiy kelib chiqishi kabi son-sanoqsiz manba va omillar bor. Til qo‘llaniladigan ijtimoiy sinf yoki guruh turli xil bo‘ladi. Yosh so‘zlovchilarda o‘z maxsus nutq namunalari bo‘ladi, va ko‘plab jamiyatlarda turli ijtimoiy sinflar nutq namunalari orasida jiddiy farqlar mavjud. Shaxsning nutqidan kelib chiqib uning jinsini, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, qaysi kasb egasi ekanligini yoki savodlilik darajasini belgilasa bo‘ladi, deb yozadi Daryo ga taqdim etgan maqolasida o‘zbekistonlik mutaxassis, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.

O‘zbek tilining turli ko‘rinishlarini har xil omillar bilan shakllantirsa bo‘ladi. U har xil usullar va tilning turli darajalarida amalga oshiriladi. Ba’zan o‘zbek tilidagi farqlar so‘zlovchilar boshqa-boshqa geografik joylardan kelib chiqqanligida ham kuzatiladi. O‘zbekistonda 12 ta viloyat va bitta respublika mavjud. Bu omil ko‘p millatli O‘zbekistonning boyligidir va o‘zbek adabiy tili barchani birlashtirishi lozim. Ingliz tilini misol qilib oladigan bo‘lsak, u bittagina tildan emas, balki u bir necha shevalar xilma-xilligidan iborat. Biroq ingliz tilining Britaniya adabiy talaffuzi (received pronunciation) deb nomlanuvchi nufuzli, maktabda va OAVda qo‘llaniladigan shu bitta variantigina abadiy sanaladi.

Tilda nima to‘g‘ri , nima noto‘g‘ri?

O‘zbek tili qo‘llaniladigan o‘ziga xos ijtimoiy vaziyat til variantlari shakllanishiga olib kelishi mumkin. Alohida odamlar nafaqat o‘z mintaqa va ijtimoiy shevalarida, balki vaziyatga qarab ham so‘zlashadi. Muayyan vaziyatda odamlar o‘z fikrlarini aniq ifoda qilish yo‘li uslub deyiladi. Uslub nutqning nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekanligi haqidagi tushunchasini aks ettiruvchi ko‘rinishidir.

O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar o‘zlari hozir bo‘lgan ijtimoiy vaziyatning turiga qarab tilning turli shakllaridan foydalanadi. Masalan, shaxsning uchrashuvdagi nutqi va biror do‘sti bilan suhbati chog‘idagi nutqini olsak, birinchi holatda nutq rasmiylik, ikkinchi holatda esa norasmiylik, erkinlik bilan ifodalanadi. Xuddi shu kabi, farzandlarimiz, turmush o‘rtoqlarimiz bilan, hukumat xodimlari bilan, universitetda, restoranda va boshqa joylarda turli nutq shakllari/usullarini qo‘llaymiz. Afsuski, hozirgi kunda rasmiy vaziyatlarda o‘zbek tilining norasmiy ko‘rinishi va shevalarini aralashtirib ishlatuvchi juda ko‘p so‘zlovchilarning ba’zilari adabiy o‘zbek tili mavjudligidan umuman xabarlari ham yo‘q. Bunday odamlar xonadonlarida qanday muloqot qilsalar, rasmiy vaziyatlarda ham xuddi shunday muloqot uslubini davom ettiradi.

Adabiy tilga til normasi (standart) deb tasnif bersa ham bo‘ladi. Bu tushuncha keng jamoatchilik tomonidan qabul qilingan va o‘quv va ilmiy muassasalarida qo‘llaniladi. Masalan, AQShda ko‘plab mintaqaviy, etnik va jamoatchilik shevalari mavjud. Biroq hukumat hujjatlari, ilmiy maqolalar, darsliklar va rasmiy hukumatga bog‘liq ommaviy axborot vositalarida amerikacha ingliz adabiy tilida yoziladi.

Inson o‘zi bolalikdan ishlatib kelgan va odatiy, har kunlik vaziyatlarda, ijtimoiy o‘zaro muloqotda kundalik hayotlarida qo‘llaydigan tilni tilshunoslar og‘zaki til deb ataydi. Ijtimoiy hayotda qo‘llanilganda og‘zaki nutq ko‘p hollarda salbiy bahoga duch keladi. Afsuski, Toshkent og‘zaki tili o‘zbek adabiy tili salohiyatini pasaytirib yubordi va uni kundalik hayotdan qariyb siqib chiqardi. Ommaviy axborot vositalari, TV dasturlarda va ma’ruzalarda Toshkent shevasini ko‘p qo‘llash quyidagi muammolarga olib keladi:

  • Qo‘shni mamlakatlarda yashaydigan va toza o‘zbek tilida so‘zlaydigan o‘zbeklar so‘zlar, aksent/lahja, so‘z tartibi va ba’zi so‘zlarning ma’nolarini tushunishda qiyinchililkarga duch kelishlari mumkin;
  • Adabiy tilni o‘rganayotgan chet ellik talabalar O‘zbekistonga tashrif buyurishganda yoki o‘zbek tilini o‘rganish uchun onlayn vositalardan foydalanganda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin;
  • Toshkent shevasida ko‘p so‘zlashadigan va shu muhitda yashaydigan insonlar uni adabiy o‘zbek tili deb faraz qilishlari mumkin va uni keraksiz joylarda ham ishlatishlari mumkin;
  • Bunday holat adabiy o‘zbek tili va Toshkent shevasi orasida keraksiz musobaqa keltirib chiqarishi mumkin;
  • Xorazm, Buxoro yoki Samarqand shevalarida so‘zlovchilar bu holatga qarshi davo qilib, o‘z shevalarini Toshkent shevasi mavqesiga chiqarishni taklif qilishlari mumkin. Chunki Toshkent shevasi TV dasturlar va kinoda o‘zbek adabiytili o‘rnida ishlatilsa bo‘lar ekan, nega Xorazm shevasini xuddi shu tarzda ishlatish mumkin emas ekan? Sahnada Xorazm shevasida so‘zlaganliklari uchun odamlarga tanbeh berilganligini shaxsan guvohi bo‘lganman. Demak, bu holat mintaqalar orasida nosog‘lom muhit va musobaqa keltirib chiqaradi.

Tilimizni standartlashtirishni aniqlash uchun qilinadigan boshqa urinishlarni o‘rganish uchun foydali bo‘lishi mumkin:

    • Rasmiy yoki ijozat/vakolatli (universitetlar tomonidan va hok.)
    • Ijtimoiy yoki munosabat kodlashtirish: ba’zi/muayyan variantlar, lahja/aksentlarga ijtimoiy ma’qullash va ijobiy munosabat.
    • Ta’limni kodlashtirish: lug‘atlar, ommaviy axborot vositalari, o‘qituvchilar tayyorlash, darsliklarni, maktab grammatikasinistandartlashtirish, va hok.
    • Psixologik kodlashtirish: cheklovlar belgilash.

O‘zbek tilini standartlashtirish

Odatda bu vazifa grammatika, imlo kitoblari, lug‘atlar ishlab chiqish va balki adabiyotni rivojlantirishni nazarda tutadi. O‘zbek tili qariyb to‘la standartlashtirilgan va uni maxsus o‘rgatish, o‘qishning imkoni mavjud. Bugunga kunga kelib o‘zbek tili iqtisodiy, siyosiy va madaniy birlashuvning keng ma’nodagi jarayonining bir qismiga aylandi va milliylikni, millat-davlatni o‘rnatish ishida cheksiz ahamiyatga ega. Shuningdek, adabiy til savodli odamlar so‘zlashadigan, kundalik yangiliklarni uzatish dasturlarida, TV dasturlarida, kinoda va boshqa shu kabi o‘rinlarda ishlatilishi kerak.

Tilimizni standartlashtirishni aniqlash uchun qilinadigan boshqa urinishlarni o‘rganish uchun foydali bo‘lishi mumkin: Fanlar akademiyasi qoshidagi o‘zbek tili, adabiyot va folklor instituti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kabi tegishli muassasalar, o‘zbek tili ekspertlari, professor-o‘qituvchilari til masalalarini tartibga solish, boshqarish yoki kiritilishi lozim deb topilgan o‘zgarishlarni ilgari surish maqsadida OAV orqali turli dasturlar tashkillashtirib, standartlashtirish jarayonida faol qatnashishlari lozim. Ularning vazifalari o‘zbek imlosi, so‘z boyligi majmuasi va grammatikani kodlashtirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bu ishning maqsadi o‘zbek milliyligini shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘ladi; bu juda ham muhim vazifadir, chunki, 1989 yilda qabul qilingan qarorga qaramay, 30 yildan keyin ham adabiy o‘zbek tilining mavqei tushib ketdi va mamlakatning ko‘p joylarida, ayniqsa Toshkentda bu sezilarli darajada muammoga aylandi. Agar ishlar shu yo‘sinda, ya’ni mintaqa shevalarini rasmiy vaziyatlarda haddan ortiq ishlatish davom etsa, 10-15 yillardan keyin bu holat O‘zbekistonni avlodlar va mintaqalar orasida lingvistik bo‘shliq paydo bo‘lib qolishi kabi boshqa bir hodisaga olib kelishi mumkin. Zamonaviy tarixda bunga ko‘p misol keltirish mumkin.

Adabiy va adabiy bo‘lmagan shevalar va ularning ta’limda qo‘llanilishi

O‘zbekistonning turli hududlarida qo‘llanladigan o‘zbek tilining variantlari shevalarini adabiy va adabiy bo‘lmagan sinflarga ajratish mumkin. Adabiy sheva nufuzli, kodlashtirilgan variant bo‘lib, uning ijtimoiy mavqesi eng yuqori, va rasmiy vaziyatlar, holatlarda qo‘llaniladigan, va o‘zbek tilining ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilishi lozim bo‘lgan yagona variantidir. O‘zbek tilining adabiy bo‘lmagan variantlari standartlashtirilmagan va rasmiy vaziyat, holatlarda qo‘llash uchun nufuzli emas. Demak, o‘zbek tilining standart/adabiy variantini til, va standartlashmagan variantini esa sheva deb hisoblash lozim.

O‘zbek tili ekspertlari barcha TV dasturlariga, universitet ma’ruzalariga va ba’zan nashr qilinadigan materiallarga kirib kelgan tilning turli shevalariga baho berishlari lozim. Aksar mamlakatlar maktablarida tilning faqat adabiy varianti qo‘llaniladi va o‘qitiladi, adabiy bo‘lmagan variantlari esa maktablarda rasman taqiqlangan. Adabiy o‘zbek tili varianti tilning kuchli , to‘g‘ri , yuqori va maqbul shakli ekanligini bilsakda, tilimizning kuchsiz , noto‘g‘ri , g‘aliz va mantiqsiz shakllari deb hisoblanadigan adabiy bo‘lmagan variantlari uning o‘rniga ishlatilib kelinmoqda.

Ta’limda shevalarning qo‘llanilishi talabalarning bilimlarni o‘zlashtirishi va muvaffaqiyatga erishishlariga ta’siri

Shevalarning talabalarning o‘qishi va muvaffaqiyatlariga ta’siri ham ko‘p tadqiqotchilarning diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra, ta’limda shevada so‘zlashuvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatilganligi kuzatilgan. Masalan, tadqiqot natijalariga ko‘ra, Gollandiyada shevalarda so‘zlashuvchilar til ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va boshqa fanlarni o‘rganish va yutuqlarga erishishda muammolarga duch kelar ekan. Umuman, hamma yerda shevada so‘zlashuvchilar ta’lim olishda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Masalan, shevalarda so‘zlashuvchilar darsda o‘qishni o‘rganishda qiyinchiliklarga uchraydi. Buning sababi esa talabalar darslik kitoblarida o‘z shevalarida oldindan taxmin qilsa bo‘ladigan xususiyat va tomonlarni topishlarining ehtimoli kamligidadir. Endi esa yosh bolalar milliy TV dasturlari va kinolarni tomosha qilishda o‘zbek tilining faqat Toshkent shevasidagi nutqni eshitishini va uning ular darslarda o‘zbek adabiy tilida yozilgan kitoblarni o‘qiganlarida tushunmovchilikka olib kelishini bir tasavvur qilib ko‘ring.

Shuningdek, tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, adabiy tilda so‘zlashuvchilarda shevalarda so‘zlashuvchilarga qaraganda ko‘proq ustunlik, imkoniyatlar bo‘lishi ehtimoli bor ekan. Darslarda qo‘llaniladigan ko‘p o‘quv materiallari adabiy tilda tayyorlanadi va adabiy tilda so‘zlashuvchi talabalar uchun adabiy tildagi tovushlar va so‘z boyligi tanish. Demak, adabiy til variantida so‘zlashuvchilar uchun adabiy bo‘lmagan shevalarda so‘zlashuvchilarga qaraganda materiallarni o‘qish va ularni tushunish osonroq kechadi.

Maktablarda adabiy bo‘lmagan shevalarga nisbatan salbiy taassurot va munosabat ham talabalarning o‘qishlariga ta’sir qilishi mumkin. Maktablarda o‘qituvchilar va sinfdosh-o‘rtoqlari biror bir adabiy bo‘lmagan shevada so‘zlashib ulg‘aygan talabalarning nutqi ustidan kuladi. Masalan, Buyuk Britaniyada breton, uels va gael tilida so‘zlashuvchilar masxara qilingan. Bu esa o‘z navbatida ularni darslarda jim o‘tirishga majbur qildi. Darsda sukut saqlab o‘tirgan talabalar boshqalar bilan barobar ta’lim ola olmaydilar va maqsadlariga erisha olmaydi.

Aslini olib qarasak, ta’lim nazariyotchilari va ijtimoiy tilshunoslar (sosiolingvistlar) orasida darslarda mintaqaviy shevalarga e’tibor berish so‘zlashuvchilarning ta’limda erishadigan yutuqlariga haqiqiy ta’sir o‘tkazishi borasida yakdillik mavjud. Men darslarda tilning talabalar so‘zlashadigan variantining ba’zida qo‘llanilishi talabalarga o‘z salohiyatlarini qo‘llash va chuqur bilim olishga erishishga yordam beradi deb ishonaman. Ta’lim jarayonida shevalarni qo‘llash masalasini nazarda tutish o‘rganuvchilarning maktabda va maktabdan tashqarida ijtimoiy, kognitiv (tushunish), emosional va lingvistik rivojlanishini oshiradi. Biroq, bizning, tilshunoslar va til o‘qituvchilarining vazifamiz tilda nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘ri ekanligini talabalarga aniq tushuntirib berish va ularga adabiy tilni o‘rganishning afzallik va ustunlik jihatlaridan naf olishlariga yordam berishdan iboratdir.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Xitoyliklar orolni egalladi va tark etdi

У ерда Хитой байроғи ўрнатилган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

Jigarni tozalash uchun foydali maslahatlar

Кўпроқ сув ичинг. Сувга лимон қўшинг. Сув ва лимон шарбати токсинларни олиб ташлаш учун жигарни рағбатлантиради.

Avstraliyada hukumat ruxsati bilan 700 ta koala otildi

Виктория бош вазири Хаcинта Алланнинг айтишича, қарор ҳар томонлама ва синчковлик билан баҳоланганидан кейин қабул қилинган.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

O‘zbekistonda II Jahon urushi qatnashchilari soni ma’lum bo‘ldi

Махсус тарзда қайта кўриб чиқилган ҳарбий қайд варақалари асосида аниқланишича, Ўзбекистондан фронтга 1 миллион 951 минг нафар киши сафарбар этилган.

"Manchester Siti"ning "Vulverxempton"ga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi

Пеп Гвардиола ушбу беллашувнинг асосий таркибини эълон қилди.

Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani aytilgan 1 110 nafar o‘zbekistonlik fuqaro bo‘yicha tekshiruv boshlangan

Агар уларнинг жанговар ҳаракатларда иштирок этгани тасдиқланса, Ўзбекистон қонунчилигига мувофиқ жавобгарликка тортилади.

Markaziy bank “muddatli to‘lov” (BNPL) xizmatlarini tartibga solishni boshlamoqchi

“Ҳозир ол, кейин тўла” хизмати жуда қулай, лекин у орқали кўп нарса сотиб олган одам ҳатто билмаган ҳолда катта қарзга тушиб қолиши мумкин.

Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTHda halok bo‘ldi

Польшада балиқчилик саноати магнати Вигнер Линдал Олсен ЙТҲда ҳалок бўлди

Rossiyaning Xarkovga uyushtirgan hujumi oqibatida 50 ga yaqin kishi jarohat oldi

Шаҳар мэри Игор Тереҳовнинг сўзларига кўра, ҳужум натижасида 46 нафар инсон жароҳатланган.

Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

У мендан шаҳарда жойлашган турли ташкилотларни суратга олишни сўради, 9 май куни теракт содир этиш учун турли моддалар сотиб олишим бўйича топшириқлар берди," - деди сўроқ пайтида қўлга олинган аёл.

Toshkent viloyatida o‘zini poyezd ostiga tashlagan ayol vafot etdi

Аввалроқ, Ижтимоий тармоқларда Тошкент вилоятининг Зангиота туманида 30 апрель тонгда аёл ўзини поезд остига ташлагани акс этган видео тарқалгани ҳақида хабар берган эдик.

Toshkent viloyatida ayol o‘zini poyezd ostiga tashladimi?

Огоҳлантирувчи белгилар мавжудлигига қарамай, кўпчилик асосий хавфсизлик чораларини эътиборсиз қолдириб, ўзи ва бошқаларнинг ҳаётини хавф остида қолдириши айтиб ўтилган.

Toshkentda uyda giyohvand o‘simligini yetishtirgan shaxslar qo‘lga olindi

У ерда бўйи 60 дан 170 сантиметргача бўлган гиёҳвандлик ўсимлиги иссиқхона услубида, тувакда, махсус ёруғлик ва ҳаво алмашинуви воситалари ёрдамида етиштирилаётгани аниқланган.

Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim aniqlandi

53 ёшли эркак инфекцион касалликни диний байрам вақтида еган мол гўштидан юқтириб олгани тахмин қилинмоқда.

Pokiston elchisi: Hindiston terrorizmdan davlat darajasida foydalanmoqda

Бу ҳақда Покистоннинг БМТдаги доимий вакили Асим Ифтихор Аҳмад жаҳон ташкилотининг Нью-Йоркдаги штаб-квартирасида ўтказилган матбуот анжуманида маълум қилди.

AQSh Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik qilishda davom etmoqda

Қўшма Штатлар ҳали Россия ва Украина ўртасидаги воситачи ролидан воз кечаётгани йўқ, аммо можароларни ҳал қилиш жараёнида олдинга силжиш бўлмаса, вазият ўзгаради, деди Давлат департаменти матбуот хизмати раҳбари Темми Брюс.

Rossiyaga butun Ukrainani bosib olish uchun 230 yil va 100 million qurbon kerak bo‘ladi

Бундай ҳисоб-китобларни Форбес нашри амалга оширди.

AQSh va Isroil G‘azo aholisiga insonparvarlik yordamini qayta tiklash bo‘yicha kelishuv tayyorlamoqda

Бу ҳақда Ахиос портали Исроил ва Америка расмийларига таяниб хабар берди.

Hindistondagi ibodatxonadagi tiqilinch oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда “ТАСС”ГА таяниб, НДТВ телеканали хабар берди.

Germaniya Yevropaning Ukrainadagi asosiy xatosini aytdi

Бу ҳақда у Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni tayyorlashni boshladi

Бу ҳақда Реутерс АҚШ президенти Доналд Трамп маъмуриятидаги манбага таяниб хабар бермоқда .

NATO mudofaa xarajatlarini oshirish yo‘lini topdi

Бу ҳақда Реутерс манбаларига таяниб хабар бермоқда .

Polsha Yevropaning Rossiyaga bo‘lgan yo‘nalishidan dahshatga tushdi

Бу ҳақда Полшанинг Мйśл Полска газетаси хабар берди .

Evropa yaqinlashib kelayotgan fojia haqida ogohlantirdi

Бу ҳақда Венгрия фундаментал ҳуқуқлар маркази таҳлилчиси Золтан Коскович Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида огоҳлантирди.

AQSh Ukrainadagi mojaroda Yevropaning rolini eslatdi

Бу ҳақда собиқ америкалик разведка ходими Скотт Риттер гапирди .

Isroil harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirishga rozi bo‘ldi

Нашрнинг ёзишича, Исроил мудофаа кучларининг бир нечта захира бригадалари сафарбар қилинади ва 8-пиёда дивизияси жойлаштирилади.

Xitoy AQSh uchun Ukrainadagi urushdan muhimroq, deydi AQSh Davlat kotibi

"Президент Трамп ҳукуматимизнинг энг юқори даражаларида қанча вақт сарфлашга арзигуликлигини ҳал қилиши керак бўлган бир лаҳза келади. Бу Украинадаги уруш аҳамияциз эмас. Лекин мен Хитой билан содир бўлаётган воқеалар узоқ муддатли истиқболда дунё келажаги учун муҳимроқ, деб айтардим", деди Давлат котиби Марко Рубио Fox News телеканалига.

АҚШ Давлат департаментининг собиқ ходими Украинанинг сотилишини башорат қилмоқда

Бу ҳақда АҚШ Давлат департаментининг собиқ ходими Метю Хо Комсомолская правда нашрига берган интервьюсида гапирди .

Аргентина қирғоқларида жуда кучли ер силкиниши рўй берди

Аргентина соҳилларида 7,4 магнитудали зилзила қайд этилди. Манба 10 км чуқурликда жойлашган, деб хабар берди Европа-Ўртаер денгизи сейсмология маркази.

Трамп ўз саъй-ҳаракатларини қадрлайди, шу боис раҳм қилди

АҚШ президенти Доналд Трамп маълумотлар сизиб чиқиши билан боғлиқ жанжалга аралашган Пентагон раҳбари Пит Хегсетни истеъфога чиқармасликка қарор қилди.

ҲАМАСдан Ғазода беш йиллик сулҳ

Исроил бош вазири Бинямин Нетаняху ҳукумати таклифни рад этган ва ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишдан бош тортган.

Покистон Кашмирдаги терактни тергов қилишни таклиф қилмоқда

Покистон Кашмирдаги теракт юзасидан шаффоф, холис тергов ўтказиш ниятида эканлигини маълум қилди.

Трамп НАСАнинг Марсдан тупроқ намуналарини келтириш миссиясини бекор қилишни таклиф этди

Оқ уй НАСАнинг Марсдан тупроқ намуналарини келтириш миссиясини ишлаб чиқишни тўхтатишни таклиф қилди.

Филиппинда юз берган ЙТҲда 4 нафар бола ҳалок бўлди

Қайд этилишича, автобус пулли магистрал учун ҳайдовчиси тўловни амалга ошираётган фургон билан тўқнашган.

Тошкентда BYD дарахтга урилиб ёниб кетди

Шунга кўра, ёнғин-қутқарув техникалари этилган манзилга соат 13:34 да етиб бориб, ёнғин соат 13:57 да ўчирилган

Нови-Саддаги фожиа: минглаб серблар намойишга чиқишди

Сербиянинг икки йирик шаҳри Нови-Сад ва Белграддаги намойишчилар табиий офат учун масъул расмийларнинг жавобгарликка тортилишини талаб қилишди.

Японияда илон тезюрар поездларни икки соатга тўхтатиб қўйди

Бир метр узунликдаги илон ҳаводаги электр тармоғига ўралиб, электр тармоғида қисқа туташув ҳосил қилган.

Трампга Россия ва Украина ўртасида девор қуриш таклиф қилинган

АҚШ президенти Доналд Трамп Полша мисолида Россия ва Украина чегарасида девор қуриши керак , деб ёзади шарҳловчи Марк Тиссен The Washington Post газетасидаги мақоласида.

ЖССТ ходимларнинг иш ҳақини молиялаштиришда қийинчиликларга дуч келмоқда

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) АҚШ маблағларининг қисқариши туфайли келгуси икки йил ичида ходимларининг иш ҳақининг 25 фоизини тўлаш учун маблағ етишмаяпти.

Аргентинада 5,8 магнитудали зилзила юз берди

Бу ҳақда Европа-Ўртаер денгизи сейсмология маркази маълум қилди .

Покистон шимоли-ғарбида содир бўлган жиддий йўл-транспорт ҳодисасида саккиз киши ҳалок бўлди

Бу ҳақда Ҳисобот Dawn газетасига таяниб хабар беради.

Исроил олов ичида қолди

Мамлакатни йирик ўрмон ёнғинлари қамраб олди.

Зеленский собиқ яқин одамига нисбатан санкциялар жорий этди

Зеленский ўз идорасининг собиқ маслаҳатчиси Алексей Арестовичга нисбатан санкциялар жорий этди.

Тошкентда вилоятида иккита машина ёниб кетди

Ҳодиса оқибатида “ВАЗ-2102” ҳайдовчиси енгил даражадаги куйиш жароҳатини олган.

Германиядаги портда портлаш содир бўлди

Ҳодиса жойида 90 га яқин ўт ўчирувчилар, қутқарувчи ва ҳуқуқ-тартибот органлари ходимлари ишламоқда.

Янгиҳаёт туманидаги цехда ёнғин содир бўлди

Ҳозирда ёнғин сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Бухорода Chery ва юк машинаси тўқнашди

Тўқнашув оқибатида Chery автомобили ҳайдовчиси, 1967 йилда туғилган I.M., воқеа жойида вафот этган.