UzAutoMotors avtomobillar sotuvi to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilishini ma’lum qildi

UzAutoMotors avtomobillar sotuvi to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilishini ma’lum qildi

UzAutoMotors avtomobillarga shartnoma berishda to‘liq onlayn savdoga o‘tmoqchi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyidan boshlab UzAutoMotors avtomobillar uchun navbatni kamaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qabul qilgan.

Bu ishlab chiqarish hajmini oshirish, avtomobillarni sotish navbatlarini 3 barobarga, kutish muddatini o‘rtacha 1-3 oyga qisqartirish imkonini bergan.

“Ammo kutish muddatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilingan yechimlar, dilerlik markazlarida ommaviy avtomobillar uchun shartnomalarni olishdagi keskinlikni kamaytirmadi. Bu esa haqli ravishda iste’molchilarning noroziligini keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bundan avvalgi kontraktasiyada, dasturiy ta’minotda yuqori yuklanish tufayli yuzaga kelgan texnik nosozliklar uni sezilarli darajada yangilash zarurligini ko‘rsatdi.

Shu munosabat bilan, UzAutoMotors kompaniyasi Axborot va kommunikasiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “UzavtoSavdo” tizimini modernizasiya ishlari amalga oshirilib, tizimning texnik jihozlanishini kuchaytirish bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda, bu esa uning yuqori tezlikda yuklanishlarni to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.

Onlayn sotuv bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yakunlanishi va onlayn savdoga to‘liq o‘tish vaqtini UzAutoMotors o‘zining barcha rasmiy kanallarida qo‘shimcha ravishda e’lon qiladi. Ayni paytda xaridorlar “UzavtoSavdo” ilovasini o‘rnatishlari va keyingi avtomobil xaridlari uchun UzAutoMotors savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin”, –– deya xabar bergan kompaniya.

Qo‘shimcha qilinishicha, modernizasiya doirasida onlayn-savdo tizimida texnik ishlar olib borilmoqda. Shu bois, joriy yilning 1 dekabr kuni soat 09:00 dan 24:00 gacha “UzavtoSavdo” tizimi vaqtincha ishlamaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!