“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda

“UzAuto Motors” avtomobillarni nima sababdan don omborida saqlamoqda

“UzAuto Motors” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda “Chevrolet Lacetti” avtomobillari don ombori hududiga joylashtirilayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu avtomobillar tayyor, ammo ularda yarimo‘tkazgich detali mavjud emas.

“To‘g‘ri, shu kabi vaziyatlar mavjud. Gap shundaki, kompaniya kuniga 250—300 dona “Chevrolet Lacetti” avtomobilini ishlab chiqaradi. Biz ushbu avtomobillarni yarimo‘tkazgich detalining yo‘qligi sababli o‘z egalariga topshirolmaymiz. Avtomobil tayyor, ammo birgina detalning yo‘qligi qaysidir tizimning ishlamasligiga sabab bo‘ladi. Masalan, xavfsizlik yostiqchalari”, - deyiladi xabarda.

Kompaniya ushbu detalni olishi bilanoq, uni avtomobillarga o‘rnatishi va xaridorga topshirishini bildirgan.

Kompaniya “O‘zdonmahsulot” bilan avtomobillarni korxona hududida vaqtincha saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!