"O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan mijozlar uchun onlayn sug‘urta xizmatlari soni 26 taga yetkazildi

"O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan mijozlar uchun onlayn sug‘urta xizmatlari soni 26 taga yetkazildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati rahbari Ilhom Jo‘rayev ma’lum qildi.

Jamiyat tomonidan onlayn polislarni sotib olish jarayoni soddalashtirilgan bo‘lib, mijozlar o‘zi haqidagi minimal ma’lumotlarni kiritishi orqali ma’lumotlar bazasi avtomatik ravishda to‘liq shakllanadi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yilda ta’minlangan sug‘urta mukofotlari 393 mlrd 152 mln so‘mni tashkil qildi. Shundan 71 mlrd 540 mln so‘m majburiy sug‘urta bo‘yicha mukofotlar, 321 mlrd 611 mln so‘m esa ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha mukofotlarni tashkil qiladi. O‘sish ko‘rsatkichini 2022 yilga solishtiradigan bo‘lsak, 121,6 foiz yoki 69,9 mlrd so‘m ko‘p sug‘urta mukofotlari ta’minlanganini ko‘rish mumkin.

Hisobot davrida Jamiyat mijozlari bilan jami 715 314 dona sug‘urta shartnomalari tuzilgan bo‘lib, shartnomalarning 5 580 tasini qishloq xo‘jaligi (xususan, paxta, g‘alla, qayta ekish va boshqa ekinlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalarining mol-mulki va lizing xizmatlari), 650 034 tasini aholi sog‘lig‘i va mol-mulki bilan bog‘liq sug‘urtalar hamda 59 700 tasini boshqa turdagi sug‘urta xizmatlari tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!