O‘z uyida fohishaxona ochgan 55 yoshli erkak qo‘lga olindi

O‘z uyida fohishaxona ochgan 55 yoshli erkak qo‘lga olindi

Tojikiston So‘g‘d viloyatida polisiya xodimlari fohishaxona ochgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar qildi.

Intim uchrashuvlarni tashkillashtirish uchun 55 yoshli erkak mehmonlardan pul olgan.  

Tojikiston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 29 may kuni gumonlanuvchi 24 yoshli yigit va 20 yoshli qizga G‘ofurov tumanida joylashgan uyini berdi. Bu xizmat uchun uy egasi 27 dollarga yaqin pulni oldi.

Tezkor-tadbir natijasida polisiya xodimlari erkakni ushladi. Ushbu holat yuzasidan tergov ishi olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!