O‘z uyida ari chaqqan ekolog vafot etdi

O‘z uyida ari chaqqan ekolog vafot etdi

Ekolog Astavina Moskva sharqidagi kvartirasida o‘lik holda topildi. Uning o‘limiga ariq chaqishi sabab bo‘lishi mumkin edi, deb yozmoqda “Mk.ru” portali.

Gazetaning yozishicha, fojia 19 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Astavina tanishi bilan telefonda gaplashgan. Suhbat davomida bir stakan sharbat ichishga qaror qilgan ayol undagi arini sezmay qolgan.

Suhbatdoshiga nima bo‘lganini aytgan ayol bir daqiqadan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashayotganidan shikoyat qilgan. Shundan so‘ng aloqa to‘xtagan.

Astavinaning tanishi esa bir necha bor unga qaytib qo‘ng‘iroq qilgan, natija bo‘lmagach, xonadoniga borgan. Eshikni ochish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, polisiya va shifokorlar guruhini chaqirishiga to‘g‘ri kelgan. Ekolog kvartirada o‘lik holda topilgan.

Marhumning do‘stining so‘zlariga ko‘ra, ayol ilgari allergik xurujlar yoki sog‘lig‘ining jiddiy muammolaridan shikoyat qilmagan, ammo taxminan bir yil oldin qandaydir yurak xastaligidan davolagan.

Hozirda shifokorlar ekologning o‘limining aniq sabablarini tekshirmoqdalar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!