“Uyda yolg‘iz-2”: Trampning ushbu filmda nima uchun ko‘rinish berganligi ma’lum bo‘ldi

“Uyda yolg‘iz-2”: Trampning ushbu filmda nima uchun ko‘rinish berganligi ma’lum bo‘ldi

"Uyda yolg‘iz – 2" filmining rejissyori Kris Kolambus “Insider” nashriga o‘sha paytda biznesmen bo‘lgan Donald Trampning kartinada nima uchun ishtirok etganligi haqida aytib berdi.

Film yaratuvchilari o‘sha paytda Donald Trampga tegishli bo‘lgan “Plaza” mehmonxonasida bir sahnani suratga olishni xohlashgan. Ular Tramp bilan bog‘lanishgan, o‘z navbatida Donald filmni suratga olishga ruxsat bergan, ammo to‘lovdan tashqari o‘zi ham kartinada rol o‘ynashni so‘ragan.

Kolambusning ta’kidlashicha, filmda Tramp ishtirok etgan sahna tomoshabinlarning ijobiy munosabatiga sabab bo‘lgan, shu bois o‘sha kadr "kesilmagan".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!