Utilizasiya yig‘imi nima?

Utilizasiya yig‘imi nima?

? Ekologik xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolar sog‘lig‘ini va atrof-muhitni g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotganidan keyin hosil bo‘ladigan chiqindilarning zararli ta’siridan himoya qilish maqsadida utilizasiya yig‘imi to‘lanadi (https://lex.uz/docs/42423).

? Utilizasiya yig‘imi:

?Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan – g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda;

?Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan – O‘zbekiston hududida realizasiya qilinadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari ishlab chiqarilganda (yig‘ilganda, tayyorlanganda) undiriladi.

Utilizasiya yig‘imi summalari daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi.

Ma’lumot uchun, Hukumatning tegishli qarori bilan 2020 yilning 1 avgustidan transport vositasining turi, toifasi, ishlab chiqarish muddatidan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30 baravaridan 1500 baravarigacha utilizasiya yig‘imi undirilishi belgilandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!