O‘tgan may oyi respublikada juda nam bo‘lgan

O‘tgan may oyi respublikada juda nam bo‘lgan

O‘tgan may oyi respublikaning katta qismida kuzatuvlar tarixidagi eng nam may oyini beshinchisi bo‘lgan.

O‘zgidrometga ko‘ra, may davomida yog‘ingarchilik respublikaning katta qismida me’yordan 1.3—2.8 barobar ko‘p kuzatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatining ba’zi hududlarida oylik yog‘ingarchilik me’yordan 5 barobargacha ko‘p kuzatilgan. Bu, yil davomida asosiy yog‘in ko‘p kuzatiladigan may oyi uchun cho‘l hududlariga ijobiy vaziyatni beradi.

Respublikaning Farg‘ona vodiy viloyatlari va Qizilqum shimolida esa may aksincha juda quruq kuzatildi. Bu hududlarda yog‘in me’yorning 10—60% oralig‘ida qayd etilgan.

Ba’zi kunlarda jala yog‘inlar ham kuzatilib, bir yog‘ishda qisqa soatlar ichida oylik yog‘in miqdori tushgan joylar ham bo‘ldi. Shimol, Buxoro-Navoiy viloyati hamda janub viloyati ayrim kuzatuv nuqtalarida bir necha soat ichida oylik yog‘inning 80—260% i yog‘ib qo‘ygan.

Taxiatosh, Sho‘rchi va Mingchuqur kuzatuv punktlarida may oyida bir sutkalik yog‘ingarchilikning stansiya uchun tarixiy rekord ko‘rsatkichlari kuzatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!