Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi va tuman Milliy gvardiyasi xodimlari bilan hamkorlikdakorrupsiyaning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova xabar qildi.
Qo‘riqlash bo‘limi binosida o‘tgan mazkur yig‘ilishda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudya Muhammad Kayumov ishtirok etdi.
Bo‘lib o‘tgan davra suxbati davomida tuman sudi sudyasi Muhammad Kayumov Milliy gvardiya xodimlari tomonidan bayonnoma rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar, xolis va guvoxlarni ishga jalb qilish tartibi haqida tushuntirishlar berib o‘tdi. Avvalo “Shaxsni ushlash jarayoni qanday o‘tishi kerak? Ushlab turilgan shaxsning qanday huquqlari bor? Unga nisbatan jismoniy kuch qo‘llanilishi mumkinmi? Shaxs qancha muddatga ushlab turilishi mumkin?” kabi savollarga javoblar izlandi.
“Dastlab, ushlab turish nima ekanligiga aniqlik kiritdik. Ushlab turish ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishga barham berish maqsadida qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, ushlab turishning ikki turi mavjud: ma’muriy ushlab turish va jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turish. Bundan tashqari, IIO xodimlari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan kishining shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlariga borishini so‘rashlari mumkin. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish MJtKning 285-moddasiga binoan ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish quyidagi hollarda qo‘llaniladi. Ya’ni,
boshqa ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanib bo‘linganidan keyin ma’muriy
huquqbuzarlikni to‘xtatish maqsadida;shaxsni aniqlash uchun;
basharti bayonnoma tuzish zarur bo‘lib, uni huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida tuzish imkoni bo‘lmagan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun;
ishlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta’minlash va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etish maqsadida.
Shaxsni qancha muddat ushlab turish mumkin? MJtKning 288-moddasiga binoan, ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas, alohida zarurat munosabati bilan qonun hujjatlarida boshqacha muddatlarning belgilanishi bundan mustasno. Agar shaxs o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirsa yoki MJtKning 288-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklardan birini sodir etgan bo‘lsa, u holda 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish muddati huquqbuzarni bayonnoma tuzish uchun olib kelish paytidan boshlanadi, mast holdagi shaxslar uchun esa ular hushyor tortgan vaqtdan boshlanadi”, deydi tuman sudi sudyasi Muhammad Kayumov.
Shu tariqa amaliyotda duch kelinayotgan kamchiliklarga kerakli va o‘rinli tushuntirishlar orqali barham berildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.
"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.
Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Эрон ҳукумати агар Исроил армияси Ливандаги нишонларга ҳужум қилишда давом этса, Қўшма Штатлар ва Исроил билан икки ҳафталик сулҳга содиқ қолиш мажбуриятини бажаришдан бош тортади.
Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.
Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.
Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.
Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.
Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.
The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.
“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.