Ushakov: Moskva va Pekin ikki tomonlama munosabatlar holatidan mamnun

Ushakov: Moskva va Pekin ikki tomonlama munosabatlar holatidan mamnun

Moskva va Pekin ikki tomonlama munosabatlar holatidan mamnun, ular sheriklarning strategik o‘zaro hamkorligini ifodalaydi.

Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Moskvada ham, Pekinda ham ikki tomonlama munosabatlarning holati quvonarli. Bu munosabatlar tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi va aytish mumkinki, faol sur’atda davom etmoqda", - dedi u.

Ushakovning aniqlik kiritishicha, Rossiya-Xitoy munosabatlarida “rahbar ham, ergashuvchi ham, chegara ham yo‘q”.

"Gap bir-biriga ishonadigan va ko‘p jihatdan bir xil maqsadlarga, bir xil vazifalarga ega bo‘lgan ikki sherikning strategik o‘zaro hamkorligi haqida bormoqda", - dedi Ushakov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!