Urushdan qochgan uch mingdan ortiq rossiyalik Germaniyadan boshpana so‘ragan

Urushdan qochgan uch mingdan ortiq rossiyalik Germaniyadan boshpana so‘ragan

Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri taxminan 3500 nafar Rossiya fuqarosi Germaniyadan boshpana so‘rashgan. Bu haqda Germaniya Ichki ishlar vazirligining Bundestag deputati Klara Bunger so‘roviga javobida aytiladi, deb xabar beradi RND.

Germaniya migrasiya va qochqinlar bo‘yicha federal idorasi bir yarim mingdan ortiq murojaat bo‘yicha qaror qabul qildi. Taxminan 1100 ta holatda murojaat etuvchilarga Dublin reglamentiga muvofiq, Yevropa Ittifoqiga birinchi marta kirgan mamlakatda boshpana so‘rab murojaat qilish kerakligi aytilgan. Germaniya hukumati 90 ga yaqin Rossiya fuqarosining arizasini qanoatlantirdi.

Ichki ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, migrasiya departamenti joriy oyda Rossiya fuqarolariga nisbatan qaror qabul qilish amaliyotini ko‘rib chiqdi. Shunday qilib, Rossiya armiyasidan qochqinlar xalqaro himoyani olishda davom etadilar, muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar va chaqiruvdan bo‘yin tovlaganlar esa "tegishli shartlar asosida" xalqaro himoyani olishda davom etadilar, deyiladi Ichki ishlar vazirligi o‘z javobida.

2022 yil sentyabr oyida Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng, Germaniya hukumati ma’lum sharoitlarda Rossiya armiyasidan qochganlarga va "Putin rejimiga qarshi bo‘lganlarga" boshpana berishga tayyorligini e’lon qildi .

2023-yil aprel oyida Germaniya elchixonasi Rossiya fuqarosiga Shengen vizasi berishdan bosh tortdi va u harbiy yoshga to‘lganligini va shu sababli Rossiyaga qaytmasligi mumkinligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!