Urushda g‘alabani kutmasdan, Ukrainaning NATOga arizasini ko‘rib chiqish kerak

Urushda g‘alabani kutmasdan, Ukrainaning NATOga arizasini ko‘rib chiqish kerak

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina Rossiyaning unga qarshi olib borayotgan urushda g‘alaba qozonishidan oldin uning NATOga a’zolik arizasini muhokama qilish zarurligini aytdi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘rib chiqishning dastlabki sharti uning bu urushdagi g‘alabasi ekanligini va barcha sa’y-harakatlar birinchi navbatda bunga qaratilishi kerakligini aytdi.

«Biz ittifoqchilar yordamida bu urushda g‘alaba qozonamiz. Biz NATOga a’zo bo‘lamiz, ammo bu hozir va NATOning bir qismi bo‘lganimiz orasida hech narsa bo‘lmasligi kerak degani emas», - dedi Kuleba Buxarestdagi matbuot anjumanida.

«Shuning uchun men arizamiz qanday ko‘rib chiqilishini muhokama qilishni boshlash zarurligi haqida gapiryapman. Ma’lum bir jarayon bor. Va biz g‘alaba qozonmagunimizcha orqaga o‘tirib, hech narsa qilmasligimiz kerak», - deya qo‘shimcha qildi ukrainalik vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!