O‘rmonda yashayotgan o‘zbekistonlik ota va bola vatanga olib kelindi

O‘rmonda yashayotgan o‘zbekistonlik ota va bola vatanga olib kelindi

Ko‘plab OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Moskva viloyatida qiyin ahvolga tushib qolib, o‘rmonda yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi va uning yetti yoshli farzandi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1974 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Shuhrat Jalilov uzoq yillardan buyon Rossiyada ishlab kelgan. Uning Ukraina fuqarosi bo‘lgan ayoldan 2013 yilda farzandi tug‘ilgan. 2020 yil avgust oyida bolaning onasi vafot etgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi, mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi, Xalqaro migrasiya tashkiloti hamkorligida ularni vatanga qayratish bilan bog‘liq barcha huquqiy va tashkiliy masalalar hal etildi.

Bugun, 3 dekabr kuni Moskva-Toshkent reysi bilan uchib kelgan Shuhrat Jalilov va uning o‘g‘li Amal Jalilov Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakillari tomonidan kutib olinib, doimiy yashash joyiga kuzatib qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!