O‘qishga kiritib qo‘yish va diplomni noostrifikasiya qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘qishga kiritib qo‘yish va diplomni noostrifikasiya qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki o‘zini “Ta’limni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini noostrifikasiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!