O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi G.M. fuqaro SH.ni Toshkent shahrida ishlovchi tanishlari orqali ushbu institutning jismoniy tarbiya yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yib, so‘ngra boshqa institutga ko‘chirib berish evaziga 2 000 AQSh dollarlarini olgan vaqtida ushlangan.

G.M.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, institut talabasi B.R. institutning yana bir o‘qituvchisi S.M.ning topshirig‘iga ko‘ra 2 000 AQSh dollarlarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.U. boshqa bir fuqaro L.ni Jizzax shahridagi “Abu Ali ibn Sino” nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!