UNRWA G‘azoga yordam berishni to‘xtatdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar to‘g‘risadi agentligi (UNRWA) yoqilg‘i va aloqa yo‘qligi sababli G‘azoga oziq-ovqat va tovarlar yetkazib berishni to‘xtatdi, deb xabar beradi Kazinform agentligi Euronewsga tayanib.
Maxsus agentlik bundan buyon o‘z kanallari orqali G‘azoga oziq-ovqat va tovarlar jo‘nata olmasligini ma’lum qildi. Buning sababi, aloqa uzilishlari tufayli yetkazib berishni muvofiqlashtirish yoki ular uchun yoqilg‘i topilmasligida.
BMT Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aytishicha, yordam Rafah nazorat punktida yig‘ilgan, biroq agentlikda yuk mashinalari yo‘qligi sababli ularni olib ketish mumkin emas.
“Telekommunikasiya tarmog‘idagi muammolar tufayli G‘azodagi umumiy vaziyat bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarga ega emasmiz. Bu sodir bo‘lgach, biz G‘azo sektoridagi xodimlar bilan aloqani butunlay yo‘qotdik. Xodimlarimizning katta qismi biz bilan bog‘lana olmaydi", – dedi UNRWAning aloqalar bo‘yicha direktori Julyett Tuma.