Ulug‘bek dahriymidi?

A A A
Ulug‘bek dahriymidi?

Savol:

Ma’lumki, sovet davrida juda ko‘p e’tiqodli olim-shoirlarimizga «dahriy»lik tamg‘asi bosilgan edi. Hatto Navoiydek iymonli shoirni «shayx, zohid va dindorlarga qarshi asar yozgan» deyishgacha borilgan. Mashhur tasavvuf shayxi Ofoqxo‘ja bilan otashnafas shoir Mashrabni, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek bilan mashhur mutasavvif Xoja Ahror Valiyni bir-biriga qarshi qo‘yib asarlar yozilgan edi. Bunday qarashlar o‘tmishda qolib ketgan deb o‘ylab yursam, yaqinda bir ilmiy asarda yana Ulug‘bek va Xoja Ahror ziddiyatlari haqida so‘z yuritilibdi. Haqiqatan, ular bir-birlariga dushman bo‘lishganmi, umuman, Ulug‘bekning dahriy ekaniga asoslar bormi? 

Ahrorbek Ravshanbekov

Samarqand shahri

 

Hamma narsani e’tiqodsizlik tarozisida tortishga o‘rganib qolingan yaqin o‘tmishimizda boshqa fan va madaniyat arboblari qatori ulug‘ o‘zbek olimi va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tevaragida ham bir-biriga xilof, nohaq gap-so‘zlar, yorliq yopishtirishlar ko‘p bo‘lgan edi. Yaqin-yaqingacha (hatto hozirda ham) Mirzo Ulug‘bek nomi dindan yuz o‘girib, faqat ilm-fan bilan shug‘ullangani uchun reaksion ulamolar tomonidan tazyiq va ta’qibga uchragan, oxiri hajga yuborish bahonasida mashhur tasavvuf shayxi Xoja Ahror Valiy tomonidan o‘ldirtirib yuborilgan hukmdor sifatida talqin qilib kelindi. So‘zimiz quruq bo‘lmasligi uchun birgina misol keltiramiz: «Ulug‘bek shaxsiy hayotida ham, siyosiy faoliyatida ham Islom dini aqiydalariga yopishib olgan otasi Shohruxdan tamomila boshqacha yo‘l tutdi. Shohrux Hirotda din peshvolari bilan o‘ralashib qolgan, har haftaning juma kuni muntazam ravishda masjidga borib namoz o‘qigan, man etilgan bazmlarni qattiq ta’qib qilgan bir sharoitda Ulug‘bek Samarqandda olimlar va shoirlar doirasida bo‘lib, ko‘pincha din aqiydalariga zid ish qilar edi» («Samarqand tarixi», Toshkent, «Fan», 1971 yil, 1-jild, 219-bet).

Bu kabi tumtaroq so‘zlarni yozgan muhtaram olimlarimiz yaxshi bilishar ediki, sovet bosqinidan oldin bu yurtning oddiy fuqarosidan tortib eng ulug‘ hukmdorigacha Islom dinida bo‘lgan, uning aqiydalariga bo‘ysunib yashagan, hayotini Qur’on va Sunnat asosiga qurgan. Masalan, sohibqiron Amir Temur hazratlari yoshlik chog‘ida uch yildayoq Qur’oni Karimni to‘liq yod olgan, yod olganda ham undan fiqhiy hukm chiqara olish darajasida yaxshi bilgan. Sohibqiron namozini kanda qilmay o‘qigan, ro‘zasini tutgan, yolg‘on so‘zlamagan, va’dasiga vafo qilgan, harom narsalardan butkul yuz o‘girgan edi. Buni hatto din dushmanlari ham tan olib yozishadi. Temuriylardan bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek haqida ham xuddi shu gaplarni aytish mumkin. Buni yuqoridagi kitobdan keltirgan iqtibosimiz ham tasdiqlab turibdi: xudojo‘y va taqvoli hukmdor Shohruxning farzandi arjumandi e’tiqodsiz yoki dahriy bo‘lishi mumkin emas!

Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bundan yigirma yilcha oldin nashr etilgan kitoblaridagi «Avval o‘yla, keyin so‘yla» sarlahali maqolada quyidagi jumlalar bor: «Ba’zi shaxslar esa, avval dinsiz qilib olinib, so‘ngra ma’lum chegarada ijobiy sifatlar bilan baholanar edilar. Bunday shaxslar qatoriga Alisher Navoiy, Ibn Sino, Farobiy, Ulug‘beklar kiritilgan edi... Kechagina «Ulug‘bek Islomga butun vujudi bilan qarshi bo‘lgan, u «din tumandek tarqalib ketadi», deb aytgani uchun zolim Xoja Ahror boshliq johil ruhoniylar uning o‘limiga sabab bo‘lganlar» deb, «ilmiy haqiqat»ni turli vosita, hatto badiiy asarlarda targ‘ib qilayotganlar bugun «Ulug‘bek chin musulmon bo‘lgan, Qur’onni yaxshi yod bilgan, fiqhni (Islom qonunchiligini) a’lo darajada o‘zlashtirgan, shuning uchun ham Islom shariati ila boshqarilgan musulmon davlatga qirq yil boshliq bo‘lgan», deyishmoqda» («Jamiyat ko‘ksiga urilgan zaharli xanjar», 51-52-betlar).

Movarounnahrning atoqli tarixchilaridan Mirxondning «Ravzatus-safo» ko‘p jildli asarining yettinchi jildi Mirzo Ulug‘bek hukmronligining so‘nggi davrlaridan 1493 yilgacha (Husayn Boyqaro tarixi) bo‘lgan voqealarni yoritadi. Ushbu kitobda ham Mirzo Ulug‘bekning komil musulmon bo‘lgani, shar’iy ahkomlarni og‘ishmay bajargani, diniy ulamolarga har jihatdan yordam ko‘rsatgani batafsil ochib beriladi.

Aslida o‘sha paytda Ulug‘bekning fojiali o‘limiga sabab bo‘lgan bir necha vaziyatlar yuzaga kelgan edi. Bulardan eng asosiysi, Ulug‘bek davlat arbobi va sarkardalikdan ko‘ra ilmni afzal ko‘rgan ko‘ngilchan bir hukmdor edi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu narsa Temur avlodlari bo‘lmish jangari shahzodalarga va urushsiz turolmaydigan sarkardalarga yoqmas, ular xassos va shoirtabiat Ulug‘bekni uncha xushlashmas edi.

Temuriy saltanatning oxirgi yirik vakili Shohrux mirzo vafotidan keyin esa o‘zaro urush va mojarolar kuchayib ketdi. Shohrux o‘zidan keyin nabirasi Abdullatifni taxtga o‘tqazishni istardi. Ammo podshohning xotini Gavharshodbegim davlat ishlariga aralashib, boshqa bir nevara Alouddavlani hukmdor qilmoqchi bo‘ldi. Oqibatda saltanat taxtini egallash da’vosida yurgan Muhammad Sulton, Abulqosim Bobur, Alouddavla va Ulug‘bekning o‘g‘li Abdullatif hukmdorga qarshi tish qayray boshlashdi. Saltanat taxtiga Shohruxning nabiralaridan ko‘ra haqliroq bo‘lgan Ulug‘bek o‘g‘li Abdullatif bilan birlashib, Alouddavlani Hirotdan qochishga majbur etadi va Shohruxning poytaxtini egallaydi.

Biroq taxt ilinjida yongan Abdullatif Ulug‘bek dushmanlarining ig‘vosi bilan otasiga qarshi isyon ko‘tardi va Abulqosim Bobur bilan til biriktirib otasiga qarshi ittifoq tuzdi. Xoin Abdullatif aziz otasining hayotiga chang soldi va uning tabiiy ilmlarga rag‘bati ustunligidan norozi bo‘lib yurgan mutaassib ruhoniylardan «dindan chiqqan» Ulug‘bekni o‘ldirish haqida fatvo yozdirib oldi. Vaholanki, Ulug‘bek hokimiyatni Abdullatifga topshirib, umrining qolgan qismini ilmga bag‘ishlash niyatida Samarqandga borib, o‘zini o‘g‘liga topshirganini Davlatshoh Samarqandiy va «Tarixi Abulxayrxoniy» muallifi Mas’ud ibn Usmon Ko‘histoniylar yozib qoldirishgan.

Diniy ulamolarning johil, yangilikka qarshi, mutaassib qatlami falakshunoslik va riyoziyot kabi ilmlarga «mukkasidan ketgan» Ulug‘bekni yoqtirmasligi ham haqiqat edi. Vaholanki, diniy va dunyoviy ilmlar o‘rtasiga «xitoy devori» qurib oladigan, surishtirib o‘tirmay har qanday taraqqiyot yangiligini haromga chiqaradigan bunday johillar Ulug‘bek zamonidan oldin ham, keyin ham yetarlicha topilgan. Ammo Xoja Ahror Valiyday ulug‘ mutasavvifning, Allohning do‘stlaridan deb tan olingan karomatli shayxning Ulug‘bekning o‘limiga hech qanday aloqalari bo‘lmagan. Bu tarixiy mudhish hatoni tuzatish yo‘lida katta izlanishlar olib borgan samarqandlik tadqiqotchi, Xoja Ahror Valiyning avlodlaridan Komilxon Kattayev «Xoja Ahror Valiy va Mirzo Ulug‘bek muammolari» degan maxsus risola yozib, 2004 yili Samarqandda chop ettirdi. Keling, ana shu ilmiy asarning mavzuimizga oid ayrim o‘rinlari bilan tanishib chiqaylik:

«Xoja Ahror Valiy bilan Mirzo Ulug‘bek oralarini dastlab akademik Bartold boshliq sharqshunoslar buzgan bo‘lsa, keyinchalik o‘zimizdan chiqqan olimlar davom ettirishdi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti Toshmuhammad Qori-Niyoziy «Astronomicheskaya shkola Ulugbeka» nomli monografiyasida hazrati Xoja Ahrorni Mirzo Ulug‘bekning o‘ldirilishda ayblaydi».

Akademikning bu fikriga ushbu satrlar muallifining bobosi Kattaxonxoja Dahbediy (1868 – 1969) qarshi chiqqan edilar... (Xoja Ahror Valiy u kishiga ona tomondan katta bobo edilar). Kattaxonxoja Eshon bu asarni Islom diniga va ma’rifatga qarshi yangi fitna deb tushunib, o‘sha zahoti O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga va uning rahbariga xat jo‘natadilar hamda akademik juda katta tarixiy xatoga yo‘l qo‘yayotganini izhor etadilar. Buni dalillash uchun toshkentlik katta olimlarni Dahbedga taklif etadilar.

Risolada yozilishicha, «Sobiq Ittifoq tarixchiligida bu muammoni o‘rganishda juda ko‘p chalkashliklarga yo‘l qo‘yilgan. Avvalo, Xoja Ahror va Mirzo Ulug‘bek bir-birlari bilan uchrashishmagan. Xoja Ahror xalqqa tanilganidan keyin Samarqandga birinchi marta milodiy 1450 yili kelgan (1427 yili oz muddatga o‘qishga kelgan, ammo shahardagi madrasalarning minglab talabalari ichida yosh Ubaydullohning hukmdor Ulug‘bek bilan shaxsan tanish bo‘lishi ehtimoldan yiroqdir). Bu paytda Mirzo Ulug‘bek ham, uning padarkush o‘g‘li Abdullatif ham hayotda yo‘q, hokimiyat Ulug‘bekning kuyovi va jiyani Abdulloh mirzo qo‘lida edi. Shu dalilning o‘zi hazrati Xoja Ahrorning Ulug‘bek fojiasiga umuman aloqalari bo‘lmaganini isbotlab turibdi».

Komilxon Kattayevning fikricha, sovet olimlari o‘ylab topib, keyin zo‘r berib alangalatgan bu uydirmani o‘zbek olimlari ham qo‘llab, Xoja Ahrorga tuhmat qilish bobida ustozlarini ham ortda qoldirib ketishadi. Muallif risolasida yozadi: «Rusiyalik A.Boldiryov, tojikistonlik A’loxon Afsadzod kabi olimlar mustabid tuzum davrida ham Xoja Ahror haqlarida haqiqatni yozishga harakat qilishgani holda ba’zi yurtdoshlarimiz bu valiy zotni «taraqqiyot dushmani», «Ulug‘bekka qarshi chiqqan shaxs», «reaksion din arbobi» sifatlari bilan kitoblar yozishgan edi. Yana bir katta insofsizlik shuki, ayrimlar Ulug‘bekning qatlini uning rasadxona qurdirganiyu falakshunoslik ilmi bilan shug‘ullanganiga bog‘lashadi. Bu da’voda ham hech bir asos yo‘q! Dinimiz, ayrimlar zo‘r berib istaganiday, ilm-fanga, taraqqiyotga zid emas. Mirzo Ulug‘bek ham hech qachon g‘ayridin bo‘lmagan, besh vaqt namozini kanda qilmagan, asarlarida Islom dini va aqiydasini himoya etgan zotdir. Buning ustiga musulmon olamida Ulug‘bekdan oldin ham, keyin ham falakiyot bilan shug‘ullanilgan, rasadxonalar qurilgan. Eng qizig‘i, Xoja Ahror qurdirgan va So‘zangaron ko‘chasida joylashgan madrasaning devoriga tutash hovli Ulug‘bekning eng yaqin shogirdi mavlono Aliy Qushchiga tegishli bo‘lgan. Bu alloma ustozi Ulug‘bek vafotidan keyin yana yigirma ikki yil mobaynida shu hovlisida tinchgina yashab ijod qilgan».

O‘zimizdan yana shuni qo‘shimcha qilamiz: Aliy Qushchining Islom olamida martabasi shunchalik baland ediki, taxt uchun urush-mojarolaridan to‘yib, vatanini tark etgan olim umrining oxirigacha Turkiyadagi Ayo-Sofiya jome’ masjidi qoshidagi madrasada bosh mudarris bo‘ldi va Istanbulda vafot etganidan so‘ng musulmonlarning tabarruk ziyoratgohi – Abu Ayyub Ansoriy qabristonida dafn etildi.

Xullas, uzoq yillar mobaynida Mirzo Ulug‘bekka nohaq taqilgan dahriylik tamg‘asini olib tashlash, uning o‘limida Xoja Ahror Valiyday tabarruk zotni ayblash kabi tuhmatlarga chek qo‘yish payti keldi. Ayrim zamonasoz olimlar yozib kelganiday Mirzo Ulug‘bekning o‘limiga Islom dini ham, Xoja Ahror Valiy ham sababchi emas, balki bu fojia hukmdorning ayrim kishilar bilan shaxsiy adovati va taxt uchun kurashlar natijasidir. Bunga isbot-dadil axtarib yurishning hojati ham yo‘q. Mirxond, Davlatshoh Samarqandiy, Abdurrazzoq Samarqandiy, Abu Tohirxoja, Muhammad Haydar, Xondamir kabi insofli tarixchilarimizning asarlariga xolis murojaat qilinsa, kifoya!

Ahmad Muhammad

«Hilol» jurnalining 5(14) sonidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.