O‘lim jazosini bekor qilgan, eng oliy generallik unvoni – kavaleriya generali darajasiga erishgan ilk o‘zbek amiri

A A A
O‘lim jazosini bekor qilgan, eng oliy generallik unvoni – kavaleriya generali darajasiga erishgan ilk o‘zbek amiri

Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Amir Olimxon haqida ko‘p gapiriladi. Uning ulkan xazinasi taqdiri ko‘plab kishilarni hali-hamon qiziqtirib kelmoqda. Shuning uchun ham amirlar orasida eng ko‘p tilga olinadigani ham Olimxon.

Biroq Amir Olimxonning otasi Abdulahadxonning taqdiri ham qiziq tarixiy voqealarga boy. U amirlar ichida o‘zining islohotlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun bu galgi maqolada ushbu amir haqida hikoya qilishni lozim topdik.

ROSSIYa TASDIQLAGAN TAXT VORISI

1860–1885 yillarda hukmronlik qilgan Buxoro amiri Muzaffar hukmronligining oxirgi yillarida o‘zining beshinchi o‘g‘li Abdulahadni taxt merosxo‘ri deb e’lon qildi va Rossiya imperatori Aleksandr Aleksandrovichning taxtga o‘tirish marosimi tantanasida qatnashish uchun Rossiyaga jo‘natdi. U yerda Abdulahad haqiqiy taxt vorisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda keyinchalik imperator Aleksandr III Amir Muzaffarga yozma ravishda bildirdi.

Imperatorning qabulida bo‘lgan Abdulahad bir necha bor maxfiy yig‘ilishlarda qatnashdi. Shunday yig‘ilishlardan birida unga 21 punktdan iborat rasmiy hujjatga imzo chektirdilar.

Unda Buxoro amirligi hududidan temiryo‘llar, telegraf o‘tkazish, cherkov qurish, rus savdogarlariga, fuqarolariga binolar, yer maydonlari sotib olish uchun ruxsat berish masalalari qayd etilgan edi. Oxir-oqibat uning davrida Rossiyaning Buxoroga ta’siri sezilarli darajada oshdi.

Amir Muzaffar 1885 yili vafot etdi va Buxorodagi Eshoni Imlo mozorida dafn etildi. U 25 yil Buxoro taxtida hukmronlik qildi.

Amir Muzaffarning jami 14 nafar o‘g‘li bo‘lgan. Ulardan ba’zilari amir hayotligida vafot etgan. Birinchi o‘g‘li – Abdumalik to‘ra otasiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targani uchun chet elga qochib ketdi. Yana bir o‘g‘li esa doimiy ravishda garov sifatida Rossiyada istiqomat qildi.

1885 yil avgustda Amir Muzaffar o‘z hududini aylanib yurganda, Qarshida “yuqumli bezgak” kasaliga chalindi. U o‘z yo‘lini davom ettirmay, Buxoroga qaytdi. O‘zining shahardan tashqaridagi qarorgohi – Shirbudunga kelib, u yerda deyarli 2 oy bo‘ldi. 28 sentyabrda kasal yana qayta xuruj qildi.

Amirga yaqin bo‘lgan Ostonaqulbiy va Muhammadbiy qo‘shbegi amirning ahvolini ko‘rib, uni Buxorodagi Arkka olib kelishni lozim topishdi. U 1885 yil 31 oktyabrda Arkda dunyodan ko‘z yumdi.

FORS KANIZAGINING FARZANDI

Tarix fanlari doktori Rahbar Xoliqovaning “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida  Rossiya-Buxoro munosabatlari tarixi” nomli dissertasiyasida qayd etilishicha, Abdulahad 1859 yil 26 martda Karmanada tug‘ilgan. Biroq uning tavalludi sanasi manbalarda turlicha beriladi.

Uning onasi Amir Muzaffarning sevimli xotini, fors kanizagi Shamshot ismli ayol bo‘lib, o‘z zamondoshlarining aytishicha, juda aqlli ayol bo‘lgan.

Abdulahad 14 yoshida, ba’zi manbalarning guvohlik berishicha esa 18 yoshida Karmanagabegi etib tayinlandi. U bilan uchrashgan rus sayyohlari uning oddiy hayot kechirishini qayd etib o‘tganlar. U bilimli kishi edi: fors tilida, ozgina rus va arab tilida so‘zlasha olardi. 1882 yilga qadar uning faqat bir nafar xotini bo‘lgan.

1885 yilda otasi vafotini eshitgach, Abdulahad taxminan ming nafar chavandoz bilan Karmanadan Buxoroga otlandi. Yo‘lda Rossiya hukumatining vakili general-leytenant Annenkov bilan uchrashdi. Annenkov unga taxt borasida siyosiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuz beradigan bo‘lsa, u Rossiya hukumati ko‘magiga tayanishi mumkinligini bildirdi.

Abdulahadni 1885 yil 4 noyabrda Buxoro arkida oq kigizga o‘tirg‘izib, taxtga o‘tqizish marosimi bo‘ldi. Shu tariqa Buxoro amirligida Sayid Abdulahad Bahodirxonning1885–1910 yillardagi hukmronligi boshlandi.

Biroq Amir Abdulahadxon qaysi ishni rejalashtirmasin, o‘zining himoyachisi – Rossiya imperiyasi nufuzini inobatga olishga majbur edi. Uning mazkur ishida Yangi Buxoroda (Kogonda) 1885 yilda tashkil etilgan Rossiya imperatori siyosiy agentligi asosiy rol o‘ynadi. U Buxoro amiri ustidan nazorat olib borib, uning Peterburg bilan aloqa qilishida vositachi bo‘ldi.

PETERBURG SAFARIDAGI SOVG‘ALAR

Amir sayohat qilishni juda yaxshi ko‘rardi. Abdulahadxon to‘rt marotaba Rossiyaga safar qilganini kundalik sifatida yozib qoldirgan.

Amir Abdulahadxon  Moskva va Sankt-Peterburgda bir necha marta bo‘lgan. U 1893 yili Rossiya imperiyasining o‘sha vaqtdagi poytaxti – Sankt-Peterburgga o‘z o‘g‘li Olimxonni ham olib bordi.

Keyinchalik imperator Nikolay IIning taxtga chiqish marosimida va so‘nggi marta o‘z o‘limidan oldin Sankt-Peterburgga  Buxoro taxtiga o‘tirganining 25 yilligini nishonlashga bordi.

Har yozda Abdulahadxon Kavkazda, yoki Qrim va Yaltadagi o‘zi qurgan qasrda dam olardi. U qurdirgan qasr o‘rnida sovet davrida “O‘zbekiston” sanatoriyasi bo‘lgan.

Amir Abdulahadxon  Rossiya imperatori marhamati va iltifotiga erishish yo‘lida barcha vositalarni ishga solgan. Natijada dastlab “zoti oliylari”, so‘ng “hazrati oliylari” maqomiga ko‘tarilgan. Imperatorning mulozim generali – general-adyutant, eng oliy generallik unvoni – kavaleriya generali darajasiga erishgan. Imperiyaning birinchi ordeni – Aleksandr Pervozvanniy kavaleri bo‘lgan.

Abdulahadxon ham Rossiya imperatorini ordensiz qoldirmagan. Imperator Aleksandr III (1881–1894) sharafiga sof oltindan “Iskandar” ordenini ta’sis etib, uni rus podshosiga taqdim etgan.

Bundan tashqari u Peterburg kiborlari doirasida o‘zining sovg‘a-salomlari va quyuq ziyofatlari bilan katta e’tibor qozongan. Amirning qimmatbaho hadyalarini imperator Nikolay II (1894–1917), harbiy vazir general Aleksey Kuropatkin (1898–1904) va hatto reviziya komissiyasi raisi graf, senator K. Palen ham mamnuniyat bilan qabul qilgan.

Romanovlar sulolasining 300 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan yubiley tadbirlarida Buxoro xazinasidagi o‘nlab nodir qo‘lyozmalar imperatorga hadya qilingan.

1906 yilning 10 noyabridan 22 dekabrigacha davom etgan Peterburg safarida Abdulahadxon rus imperatori Nikolay II ga sovg‘a sifatida 16 ta jihozlangan ot olib borib, imperatordan o‘zi va delegasiya a’zolariga rus orden va medallarini olgan.

TO‘QSON YOSHLI SARBOZLAR

Tarixchi Yunus Shukurillayevning “Buxoro amirligida qo‘shin va harbiy ish (1756–1920)” nomli dissertasiyasida amir Abdulahadxon davridagi harbiy holat haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Ularga biroz to‘xtalsak. Buxoro amiri Abdulahadxon yuqorida qayd etilganidek, Rossiya imperiyasi imperatorining harbiy lavozimli kishisi hisoblangan.

U Amir Muzaffar vafotidan so‘ng sarbozlar sonini ikki ming nafarga qisqartirgan. Uning davriga kelib sarbozlarning qurol-yarog‘lari bilan uylariga ketishlariga ruxsat berilmagan.

Buxoro sarbozlarining shim va mundiri ikki yilda bir bor almashtirilgan. Oyoq kiyimni har bir sarboz o‘zi bilan olib kelishga majbur bo‘lgan. Amir Abdulahadxondavriga kelib, harbiylarga ikki yilda bir juft etik ham beriladigan bo‘ldi.

Buxoro sarbozlari dastasi zarxarid (pulga sotib olingan) qullardan tuzilgan bo‘lib, ular umrlarining oxirigacha harbiy xizmat o‘tashlari majburiy bo‘lgan. Qul askarlar alohida o‘nliklarda xizmat qilishgan. Amir Abdulahadxonning 1886 yilgi farmoniga muvofiq, boshqa qullar kabi ular ham ozodlik vasiqalarini (hujjatlarini) olish imkoniga ega bo‘lganlar.

To amir Abdulahadxon hukmronligi davrigacha harbiy xizmatning umrbodligi, sarbozlar orasida hattoki, 90 yoshli xizmatchilar mavjudligi tarixiy fakt hisoblanadi. Abdulahadxon hukmronligi davrida sarbozlarning harbiy xizmatni 60 yoshgacha o‘tashi belgilab qo‘yildi.

U rus asirlaridan qabul qilingan sarbozlarni deyarli ozod etdi. Bundan tashqari, uning davrida keksaygan, kasalmand sarbozlarni qo‘shin tarkibidan ozod etish ishlari ancha jonlandi.

1895 yildan boshlab Buxoro amirligida milisiya xizmati yo‘lga qo‘yildi. Biroq Amir Abdulahadxon o‘z hududida sodir bo‘layotgan qonli kurashlar, xalq noroziliklarini bostirishda aksariyat hollarda bosqinchilar madadiga tayandi.

JADIDCHILIK ASOSCHISI BILAN UCHRASHUV

Amir Abdulahadxon  Buxoroda tobora tanilib kelayotgan ma’rifatparvarlik, jadidlik harakatiga befarq qaray olmadi. U ilg‘or g‘oyalarni amirlikka tanbiq etish, xususan, jadid maktablarini o‘z sarhadlarida tashkil etishlariga mone’lik qilmadi.

1892–1893 yillarda Rossiyaning markaziy shaharlariga sayohati davomida Boqchasaroyga ham keldi va Ismoilbek Gasprinskiy bilan tanishdi, suhbatlashdi. Ismoilbek Gasprinskiy suhbat chog‘ida amirga yangi usul maktablarining afzalliklari haqida gapirib berdi. Uning g‘oyalariga qiziqish bilan qaragan amir AbdulahadxonIsmoilbek Gasprinskiyni  Buxoroga taklif qildi.

Ta’kidlash joizki, 1883 yilda Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan “Tarjimon” jurnaliga amir Abdulahadxon ham obuna bo‘lgan edi.

1893 yilning may oyida Ismoilbek Gasprinskiy  Toshkent va Samarqandga sayohatidan so‘ng Buxoroga tashrif buyurdi. Amirning Shahrisabzdagi yozgi qarorgohida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Aldulahadxon Ismoilbek Gaspirinskiy fikrlariga keskin qarshilik bildirmasada, ularni amalga tatbiq etish oson kechmadi.

Buning asosiy sababi Buxoro amiri Rossiya imperiyasi hukumatidan izn olmay turib, biror masalani shaxsan hal etish erkidan mahrum edi.

O‘LIM JAZOSINI BEKOR QILGAN AMIR

U o‘z hukmronlik davri boshida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilishga hamda ushbu sohani yanada insonparvarlik tamoyili asosida shakllantirishga urindi. Uning davrida qiynoqlar, o‘lim hukmi va eng dahshatli jazo – Buxorodagi Minorayi Kalondan tashlab yuborish man etildi.

Uning hukmronlik davrida xonlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish, telefon liniyalari va temir yo‘llar qurilishi, savdo faol rivojlantirildi. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Davlat bankidagi amirning shaxsiy hisobida 27 million rubl tilla hisobida, Rossiyaning kommercheskiy bankida esa 7 million rubl oltin pul saqlangan.

Biroq Abdulahadxon boshqaruvi davrida Turkiston general-gubernatorligi hududlarida istiqomat qiluvchi dehqonlarga nisbatan Buxoro amirligi dehqonlaridan 8 marta ko‘p soliq yig‘ib olingan.

Buni qarangki, Amir Abdulahadxon 1892 yili Rossiya imperiyasining turli viloyatlaridagi qiynalgan aholiga 100 ming rubl yordam puli bergan. 1904 yilgi rus-yapon urushi davrida Rossiya flotiga 1 million rubl mablag‘ ajratgan.

Turkiston arxeologiya to‘garagi kolleksiyasi uchun esa bir necha qadimiy oltin tangalarni hadya etgan. Amir Turkiston hayr-ehson qiluvchi jamiyatning faxriy a’zosi hisoblangan. Abdulahadxon Hijoz temir yo‘li qurilishiga bir necha ming tanga ajratgan.

Amir tomonidan muqaddas Makka va Madina foydasiga vaqf sifatida berilgan mulklar yiliga 20 ming rubl yillik daromad keltirgan. Uning hukmronlik davrida Buxoroda ulamolar soni 500 dan 150 ming kishiga yetdi.

“OJIZ” AMIRNING O‘LIMI

Amir Abdulahadxon ijod bilan ham shug‘ullandi. Uning “Ojiz” taxallusi bilan she’rlar yozib, “Devon” ham tuzgani ma’lum. Biroq “Ojiz” taxallusli amir uzoq umr ko‘rmadi.

Tarixchi Rahbar Xoliqovaning qayd etishicha, amir 1910 yili 22 dekabrdan 23 dekabrga o‘tar kechasi buyrak kasalidan vafot etdi. Uning mayiti Buxorodan olib kelinib, Karmanada dafn etilgan.

Amir Abdulahadxonning 4 nafar o‘g‘li bor edi. Shulardan ikkitasi – Sayyid Mir Husayn va Sayyid Mir Abdullo (1883- yoki 1884 yilda tug‘ilganlar), 1888 yilda Sankt-Peterburgga o‘qishga jo‘nataman deb turganda, kasallik tufayli vafot etdi.

Kenja o‘g‘li Sayyid Mir Ibrohim 1903 yilda tug‘ilgandi. Ikkinchi o‘g‘li – Sayyid Mir Olimxon 1880 yili dunyoga kelgan. Aynan u amirlikning keyingi taqdirini o‘z qo‘liga oldi.

Alisher EGAMBERDIYEV,

O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Andrey Yermak 2 oy muddatga hibsga olindi

Суд собиқ амалдорга 140 миллион гривна (тахминан 3,2 миллион доллар) миқдорида гаров пули тайинланди.

100 nafar fuqaro «Prezident hojisi» sifatida bepul Haj safariga yuborilmoqda

Президент ҳожилари орасида олимлар, шифокорлар, меҳнат фахрийлари, маҳалла фаоллари, оддий хизматчилар ҳамда узоқ йиллар халқ хизматида бўлган фуқаролар бор.

Soliq qo‘mitasi kartadan-kartaga o‘tkazmalarni jiddiy tekshirishni boshladi

Бу ҳақда Солиқ қўмитаси хабар берди.

Rossiya elchisi Ukrainaga qilingan hujumlar tufayli Vengriya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Бу ҳақда Венгрия Бош вазири Петер Мадьяр хабар берди.

Slovakiya Ukraina bilan barcha chegara o‘tish punktlarini yopdi

Бу ҳақда мамлакат Молия бошқармаси маълум қилди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.