Ukrainadagi urush tufayli Shveysariya o‘zining betaraflik formatini o‘zgartirishi mumkin

Ukrainadagi urush tufayli Shveysariya o‘zining betaraflik formatini o‘zgartirishi mumkin

Bloomberg nashri Shveysariya parlamentida Ukrainaga mamlakatda ishlab chiqarilgan o‘q-dorilarning yetkazib berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritilganini xabar bermoqda.

Agentlikka bergan intervyusida deputat Mayya Riniker shunday deb tushuntirdi: "Biz Shveysariyaning betarafligini rad eta olmaymiz, ammo Shveysariya bilan bir xil demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatlarni himoya qilish uchun qanday imkoniyatlarimiz borligini muhokama qilishimiz kerak".

"Bir yil oldin, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan oldin, Shveysariyada bunday muhokamalarni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shveysariya na Birinchi, na Ikkinchi jahon urushida urushayotgan davlatlarning hech biriga qurol yetkazib bermagan", — deb yozmoqda Bloomberg.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!