Ukrainadagi janglarda Abrams tanklari uzoqqa bormaydi

Ukrainadagi janglarda Abrams tanklari uzoq davom etmaydi, deb tan oldi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari.
TWZ nashriga bergan intervyusida Kirill Budanov hozirda zirhli texnikalar jang maydonida muhim rol o‘ynamayapti, chunki ularni yo‘q qilish vositalari juda rivojlangan:
"Endi zirhli mashinalar faqat piyodalar ekipajlarini evakuasiya qilish yoki ma’lum bir joyga tezkor o‘tkazish uchun ishlatiladi, ammo jangovar harakatlarda ishtirok etmaydi."
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Abramsning yetkazib berilishini intiqlik bilan kutmoqda, biroq ulardan aniq, puxta o‘ylangan operasiyalarda foydalanish kerak.
Avvalroq Bayden Amerikaning birinchi Abrams tanki kelasi hafta Ukrainaga yetib kelishini aytgan edi.