Ukraina uzoq kutgan F-16'ning halokati: “Oleksiy ukrainaliklarni halokatli rus raketalaridan qutqarib qoldi. Afsuski, o‘z hayoti evaziga..."

Ukraina uzoq kutgan F-16'ning halokati: “Oleksiy ukrainaliklarni halokatli rus raketalaridan qutqarib qoldi. Afsuski, o‘z hayoti evaziga..."

Ukrainaning F-16 samolyoti Rossiya hujumi chog‘ida yo‘q qilindi, deya xabar beradi BBC .

NATO ittifoqchilaridan Ukrainaga yuborilgan F-16 qiruvchi samolyotlaridan biri yo‘q qilindi, deya xabar berdi ukrainalik harbiy manba BBCga.

Dushanba kuni samolyot Rossiya raketalari zarbasi tufayli quladi va uchuvchi Oleksiy Mes halok bo‘ldi, dedi Ukraina armiyasi. Bu samolyotlar shu oy boshida yetkazib berilgandan beri bunday turdagi birinchi yo‘qotishdir.

Ukraina harbiylarining ta’kidlashicha, halokatga dushmanning bevosita raketa zarbasi sabab bo‘lmagan.
Unda aytilishicha, uchuvchi Rossiyaning shu kungacha qilgan eng yirik havo hujumida uchta qanotli raketa va bitta dronni yo‘q qilgan.

«Oleksiy ukrainaliklarni halokatli rus raketalaridan qutqarib qoldi», — deb yozadi Ukraina harbiy-havo kuchlari ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

"Afsuski, o‘z hayoti evaziga".

Bayonotda samolyot turiga aniqlik kiritilmagan, biroq harbiy manbaning BBCga aytishicha, uchuvchi F-16 samolyotini boshqargan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy seshanba kuni AQShda ishlab chiqarilgan F-16 lar uchuvchisiz uchoqlar va raketalarni urib tushirish uchun joylashtirilganini rasman tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!