Ukraina sharqida o‘zbekistonlik yollanma jangchi otib o‘ldirildi (video)

Ukraina sharqida o‘zbekistonlik yollanma jangchi otib o‘ldirildi (video)

3 iyul kuni, Ukraina sharqida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar davomida, «Donesk xalq respublikasi» («DXR») harbiylari safida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak o‘ldirildi.

Bu haqda Ukraina armiyasi zobiti Anatoliy Shtefan (Shtirlis) xabar berdi. Shtefan o‘z xabariga ruxdan ishlangan tobutda yotgan Hojiakbar Sharipovning suratini qo‘shib qo‘ygan, deya xabar berdi "7news.uz".

Shtefanning so‘zlariga ko‘ra, 3 iyul kuni o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi, Navoiy viloyatidan bo‘lgan 32 yoshli Hojiakbar Sharipovning jasadi 6 iyul kuni vataniga jo‘natilgan.

«Mirotvores» saytida ham Sharipov yo‘q qilingani haqida xabar berildi. Ma’lumotda aytilishicha, 32 yoshli Hojiakbar Sharipov ilgari ham o‘qdan yaralangan.

Sharipovni shaxsan tanigan «DXRchilar»ning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida yozishicha, asli navoiylik bo‘lgan, «o‘zbek» laqabli erkak Donesk aeroporti uchun janglarda, shuningdek, Blesna, Avdeevka va Promkadagi to‘qnashuvlarda ishtirok etgan, yaqin kelajakda esa O‘zbekistonga borib kelishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Donbassdagi janglarda ishtirok etayotgan o‘zbekistonliklarning soni haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!