Ukraina Gruziya nomini o‘zgartirmoqchi

Ukraina Gruziya nomini o‘zgartirmoqchi

Ukraina Oliy Radasi deputatlari Gruziya nomini Sakartveloga rasman o‘zgartirishni taklif qilishdi, tegishli qaror loyihasi Ukraina parlamenti saytida e’lon qilindi.

Tashabbus mualliflarining fikricha, Gruziya nomini o‘zgartirish ikki davlat o‘rtasidagi yaqinlashuvga yordam beradi va Gruziyaning ruslashgan nomidan xalos bo‘lishga imkon beradi. Gruziya aholisi - gruzinlar - nomini o‘zgartirgandan so‘ng, Kartvel deb atash taklif etildi.

Sakartvelo Gruziyaning o‘z nomi bo‘lib, bu mamlakat aholisi tomonidan qo‘llaniladi. Tarjimada bu "Kartvellar mamlakati" degan ma’noni anglatadi. Kartveli - gruzinlarning o‘z nomi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!