Ukraina futbol assosiasiyasi FIFA atrofidagi so‘nggi janjalga munosabat bildirdi

Ukraina futbol assosiasiyasi FIFA atrofidagi so‘nggi janjalga munosabat bildirdi

Ukraina FIFA atrofida yuzaga kelgan so‘nggi janjalli vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

O‘tgan haftada FIFA Jahon chempionati huquqlarini xususiy investorlarga sotish uchun FIFA Forward Enterprise (FFE) deb nomlangan yangi tijoriy tuzilmani tashkil etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq futbol konfederasiyalari tomonidan bildirilgan keskin tanqidlar hamda UEFA a’zosi bo‘lgan mamlakatlar tomonidan JChni boykot qilish tahdidlari fonida Janni Infantino bu g‘oyadan voz kechishga qaror qildi. FIFA, shuningdek, ushbu rejasi uchun uzr so‘radi.

UEFA ushbu tashabbusdan voz kechilganini ijobiy baholadi, ammo shu bilan birga FIFA rahbariyatiga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini ma’lum qildi. Bir qator futbol assosiasiyalari kelasi yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Infantinoning qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlovchi xatlarini qaytarib oldi. Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) JCh boykoti g‘oyasidan hali butunlay voz kechgani yo‘q.

L’Equipe nashrining Ukraina futbol assosiasiyasi (UFA)dagi manbalariga tayanib xabar berishicha, UFA «Janni Infantinoning taklifi va uning FIFAdagi roli bo‘yicha UEFA pozisiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi».

Shuningdek, UFA «voqealar rivojidan va Jahon chempionati huquqlarining bir qismini hech qanday muhokamalarsiz va shaffofliksiz xususiy investorlarga sotishni maqsad qilgan loyiha taqdim etilganidan hafsalasi pirga bo‘lganini» bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳи