Ispaniya Ichki ishlar vazirligi: Seutada 2 ming nafar muhojir qolmoqda

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi: Seutada 2 ming nafar muhojir qolmoqda

Ispaniya Ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska Seuta anklaviga kirgan 72 ming nafar muhojirdan 70 ming nafari allaqachon Marokashga qaytarilganini ma’lum qildi.

«El Pais» nashri vazirning so‘zlariga tayanib xabar berishicha, Yevropaning barcha hamkor davlatlari Ispaniya hukumatining Seutadagi muhojirlar inqirozini hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari samaradorligini tan olgan.

Grande-Marlaska bu bayonotni Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlarining Seutadagi muhojirlar inqiroziga bag‘ishlangan favqulodda yig‘ilishida bildirdi.

Yig‘ilish ishtirokchilari Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarini mustahkamlash hamda bunday inqirozning yana takrorlanishining oldini olish uchun erta ogohlantirish tizimlarini isloh qilish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga kelishib oldi.

Uchrashuv yakunida Yevropa davlatlari Ispaniyani rasman qo‘llab-quvvatladi va Seutani butun Yevropa Ittifoqining jamoaviy himoyasiga muhtoj bo‘lgan tashqi chegarasi sifatida tan oldi.

Seutadagi migrasiya inqirozi 30 iyul kuni kechasi Marokashdan shahar tomon muhojirlarning ommaviy oqimi boshlanganidan keyin avj olgan. Ispaniya hukumati vaziyatni nazorat qilish uchun armiyani safarbar qilgan.

Inqiroz Ispaniya va bir qator Yevropa davlatlari o‘rtasida siyosiy ziddiyatlarni ham keltirib chiqardi. Ayrim davlatlar Ispaniya sosialistlarini noqonuniy muhojirlarga nisbatan siyosati uchun tanqid qilgan bo‘lsa, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Yevropa Ittifoqidagi hamkorlarini birdamlik yetishmasligida aybladi.

Aynan shu kelishmovchiliklar Bryusselda Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlarining favqulodda yig‘ilishida muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қи