Serbiya prezidenti Rossiya-Ukraina urushi tez orada yakunlanishiga ishonmasligini ma’lum qildi

Serbiya prezidenti Rossiya-Ukraina urushi tez orada yakunlanishiga ishonmasligini ma’lum qildi



​"Urush tez orada tugashiga ishonchim komil emas va oldinda ham Ukraina, ham barchamiz uchun og‘ir qish kutib turganidan xavotirdaman. Urushning tez orada yakunlanishiga olib boradigan yo‘lni ko‘rmayapman", — deb bayonot berdi Aleksandr Vuchich.

​"Ukrainadagi urush tez orada tugaydimi-yo‘qmi bu borada taxmin yoki baho bera olmayman. Serbiya va butun xalqaro hamjamiyat buning tezroq yuz berishini juda xohlaydi", — deya ta’kidladi Serbiya prezidenti Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!