Zelenskiy: AQSh Ukrainaga har oyda havo mudofaasi raketalarini yetkazib beradi

Zelenskiy: AQSh Ukrainaga har oyda havo mudofaasi raketalarini yetkazib beradi

Ukraina AQShdan havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar olish bo‘yicha kelishuvlarga ega. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Avvalo, raketaga qarshi raketalar va tizimlar ishlab chiqaruvchisi kim? Bu, birinchi navbatda, Amerika Qo‘shma Shtatlari. Ular yordam bera oladimi? Biz ishlayapmiz... Ular har oy bizga raketalar ajratadimi? Ha. Bizda kelishuvlar bor», — dedi Zelenskiy.

Shu bilan birga, u raketalar miqdori yetarli bo‘lmasligini ta’kidladi, ammo har oy qancha raketa yetkazib berilishi haqida aniq ma’lumot bermadi.

Zelenskiy ushbu kelishuvlarga qachon erishilganini ham aytmadi. Bir qator OAV uning so‘zlarini Ukrainaga aynan «Patriot» havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar yetkazib berilishi haqidagi bayonot sifatida talqin qildi. Ukraina prezidenti avval ham «Patriot» raketalari tanqisligi haqida bir necha bor gapirgan.

Biroq Zelenskiy o‘z nutqida qaysi turdagi raketalar haqida gap ketayotganini aniq aytmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.