Bektemirda 18 mlrd. so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha mulklar auksionda sotildi

Bektemirda 18 mlrd. so‘mlik qarzdorlik bo‘yicha mulklar auksionda sotildi

Byuroning Bektemir tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor “F.G.” MCHJdan jami 18 mlrd 66 mln so‘m qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq 125 ta ijro ishi mavjud bo‘lib, shundan 74 ta ijro hujjati bo‘yicha 7 mlrd 855 mln so‘m davlat foydasiga undirilishi belgilangan.

Mazkur ijro ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi talablariga muvofiq qo‘zg‘atilgan.

Qarzdorga ijro hujjatlari talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qonunda belgilangan muddatlar berilgan, bu haqda tegishli tartibda ogohlantirilgan.

Biroq, qarzdor korxona ogohlantirilganiga qaramasdan, belgilangan muddatlarda qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan.

Shundan so‘ng, qarzdor tomonidan ijro hujjatlari talablari bajarilmagani sababli unga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanildi.

Xususan, qarzdor MCHJga tegishli bo‘lgan "Howo" rusumli yuk avtomashinasi (avtobetonosmesitel) hamda ikki qavatli ma’muriy bino xatlanib, undiruvni ta’minlash maqsadida elektron auksion savdolariga chiqarildi.

Ayni paytda ushbu mulklar savdolarda sotilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari talablariga muvofiq undiruvchilar o‘rtasida taqsimlanmoqda.

Majburiy ijro byurosi sud qarorlari va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va qonuniy ijrosini ta’minlash borasida ishlarini izchil davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi