Ukraina va Serbiya prezidentlari Belgradda kechki ovqat paytida uchrashdi

Ukraina va Serbiya prezidentlari Belgradda kechki ovqat paytida uchrashdi

​Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri Serbiyaga ilk tashrifi chog‘ida 7 avgust kuni kechqurun Belgradda hamkasbi Aleksandr Vuchich bilan kechki ovqatda uchrashdi.

"Serbiyada ikki tomonlama suhbatni boshladik", — deb qisqacha izoh qoldirdi Volodimir Zelenskiy Telegram'dagi birgalikdagi suratga.

​Ikki prezidentning rasmiy muzokaralari 8 avgust kuni kunduzi Belgraddagi prezident saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muhokama mavzulari iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar va "xavfsizlik masalalari" bo‘ladi, deb bayonot bergan edi Volodimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda.

Vuchichning ta’kidlashicha, gap, xususan, energetika sohasidagi hamkorlik haqida boradi.

​Serbiya Yevropaning Moskva bilan eng do‘stona mamlakatlaridan biri hisoblanadi. U 2022 yilda Ukrainaga to‘laqonli bostirib kirish boshlanganidan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmadi va energetika sohasidagi yaqin aloqalarni saqlab qolmoqda.

Shu bilan birga, Belgrad Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga intilmoqda, Bryussel esa Serbiyaga Moskva bilan "do‘stona munosabatlar" mamlakatning YEIga kirish jarayonini qiyinlashtirayotganini bir necha bor ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдала