Fabio Kannavaro: "Terma jamoani yoshartirish ishlarini olib boramiz"

Fabio Kannavaro: "Terma jamoani yoshartirish ishlarini olib boramiz"

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro O‘FA majlislar zalida tashkil etilgan matbuot anjumanida qatnashdi.

“JChda ishtirok etgan juda ko‘p futbolchilar saralash bosqichidagi xizmatlari uchun chaqirilgandi. Endi biz terma jamoani yoshartirish ishlarini olib boramiz. Aynan JCh orqali Behruz Karimov, Jahongir O‘rozov kabi futbolchilar Yevropaga ketmoqda. Bizda ko‘z ostimizga olib qo‘ygan yana boshqa o‘yinchilar ham bor.

Biz taktik sxemani va futbolchilarni o‘zgartiramiz. Yangi yosh futbolchilarni qo‘shamiz. Terma jamoani shifoxonaga aylantirmaslikka harakat qilamiz.

JCh kutganimizdek qiyin bo‘ldi, lekin futbolchilar borini berishdi, ularga e’tiroz yo‘q. Mundial barchamiz uchun tajriba bo‘ldi. Bundan keyin JChning doimiy ishtirokchisi bo‘lishimiz kerak”, – dedi italiyalik mutaxassis.

Manba: championat.asia


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi