Ukraina bo‘yicha muzokara shu yil o‘tkazilishi mumkin

Ukraina bo‘yicha muzokara shu yil o‘tkazilishi mumkin

AQSh prezidentligi uchun saylovda Tramp g‘alaba qozonishi Rossiya – Ukraina ziddiyatini diplomatiya yo‘li bilan hal qilishda “burilish nuqtasi” bo‘lishi mumkin. Tinchlik muzokarasini joriy yil boshlash uchun yaxshi imkoniyat bor, dedi Vengriya tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto “RIA Novosti”ga.

– O‘ylashimcha, AQShdagi prezident saylovi burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin, – dedi vengriyalik diplomat. – Fikrimcha, Tramp g‘olib chiqsa, tinchlik muzokarasini joriy yil boshlash uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi. Zero, Tramp g‘alabasidan keyin AQShning Ukraina masalasida tutgan pozisiyasi o‘zgaradi. Mamlakat ittifoqchilari xavfsizligi uchun xarajatni cheklaydi.

Agar saylovda Donald Tramp g‘alaba qilsa, AQSh zaruratsiz urushmaydi va xavfsizlik sohasida moliyaviy majburiyatini bajarmagan ittifoqchilar uchun pul sarflamaydi, deya bayonot berdi vise-prezidentlikka nomzod Jey-Di Vens.

– Farzandlarimizni faqat zarur bo‘lsagina, urushga jo‘natamiz, – dedi u respublikachilar qurultoyida so‘zga chiqib. – Binobarin, zarba bersak, zarbamiz juda qattiq bo‘ladi. Xavfsizligimiz uchun zimmamizga olgan majburiyat yukini ittifoqchilar birgalikda ko‘tarishiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Amerikalik soliq to‘lovchilar xotamtoyligini suiste’mol qilganlarga endi tekinga hech narsa yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!