Ukraina armiyasi: 70 nafar rossiyalik harbiy zararsizlantirildi

Ukraina armiyasi: 70 nafar rossiyalik harbiy zararsizlantirildi

Ukraina himoyachilari Tavriya yo‘nalishida rus armiyasining 70 askarini zararsizlantirishdi.

“Tavriya” operativ-strategik qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni brigada generali Aleksandr Tarnavskiy Ukraina Qurolli kuchlari Rossiyaning 50 dan ortiq texnika va o‘q-dorilarini yo‘q qilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kun davomida dushman Ukraina pozisiyalariga 17 marta hujum qilib, 783 marta o‘q uzgan, 1 ta raketa va 17 ta havo zarbasi bergan. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda Ukraina artilleriya bo‘linmalari kun davomida 1116 marta otishma topshirig‘ini bajardi.

Oxirgi kun davomida Rossiya armiyasining 154 askari yaralandi. Bundan tashqari, bir askar Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!