Ukraina alamidan Rossiyaning Qora dengizdagi gaz platformalariga hujum qildi

A A A
Ukraina alamidan Rossiyaning Qora dengizdagi gaz platformalariga hujum qildi

Ukraina Zmeiniy orolini yana qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng Rossiyaning Iora dengizdagi gaz platformalariga hujumchi dronlari bilan hujum qilgan.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Qora dengizdagi gaz qazib olish suzuvchi platformalariga uyushtirilgan xiyonatkorona hujumiga javob zarbasini berdi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

"Xususan, tovushdan tez uchuvchi "Oniks" qanotli raketalari yordamida Odessa yaqinidagi "Shkolniy" harbiy aerodromidagi "Bayraktar-TB2" uchuvchisiz uchish apparatlari joylashgan angarlarni yo‘q qildi”, — deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Kubanskiy orolida 155 millimetrlik Amerika M-777 gaubisalarining ikkita vzvodlari yo‘q qilindi. Shuningdek, Rossiya aviasiyasi Odessa viloyatining Ochakov va Tuzla viloyatlarida S-300 zenit-raketa majmuasining ikkita uchirish moslamasini yo‘q qildi.

Nishonlar Rossiya razvedka texnikasi tomonidan operasiya davomida aniqlangan.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Zmeiniy orolini yana qo‘lga kirita olmaganidan so‘ng gaz platformalariga hujumchi dronlari bilan hujum qilishga qaror qilgan.

“20 iyun kuni soat 05:00 atrofida Kiyev rejimi Zmeyniy orolini egallashga navbatdagi aqldan ozgan urinishni amalga oshirdi. Kiyev rejimining operasiya rejasi Zmeyniy oroliga havo va artilleriyadan ommaviy zarbalar berish, keyin esa desant hujumini amalga oshirish edi va orolni qo‘lga kiritsh edi”, - deyiladi hisobotda.

Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki "Bayraktar" uchuvchisiz apparatli boshchilishiga amalga oshirilgan hujumda 15 dan ortiq razvedka va uchuvchisiz samolyotlar ishtirok etgan. Bundan tashqari, AQSh Harbiy havo kuchlarining Global Hawk RQ-4 strategik razvedka uchuvchisiz samolyoti baland masofadan turib kuzatib turgan.

Qopqoqni S-300 zenit tizimlari Tuzla va Ochakov hududlaridagi jangovar pozisiyalardan ta’minladi. Zmeiniy oroliga "Tochka-U" ballistik raketalari, "Uragan" raketa tizimlari va 155 millimetrli M-777 gaubisalari va artilleriya yordamida zarbalar berildi.

Rossiyaning "Pansir" "Tor" zenit-raketa tizimlari yordamida Zmeiniy hujum qilgan barcha qurollar - 13 ta uchuvchisiz apparat, to‘rtta "Tochka-U" raketasi va 21 ta "Uragan" reaktiv snaryadlarini yakson qilindi.

RIA Novosti muxbirlari aniqlashiga ko‘ra, AQShning tijoriy sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina hujumidan bir necha kun oldin Zmeiniy orolini suratga olgan. Xususan, “Worldview-3” 14 iyun kuni, “Worldview-1” - 17 iyun kuni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!