Ukraina 200 dan ortiq mahbusni rossiyaparast sobiq deputat Viktor Medvedchukga almashtirdi

Ukraina 200 dan ortiq mahbusni rossiyaparast sobiq deputat Viktor Medvedchukga almashtirdi

Bu xabarni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak tasdiqladi.

Unga ko‘ra, 215 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, jumladan, 124 ofiser Rossiya asirligidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina xavfsizlik xizmati oligarx va shu bilan birga "Muxolifat platformasi - Hayot uchun" partiyasi siyosiy kengashi rahbari Viktor Medvedchukni hibsga olgandi

Ukraina Bosh prokuraturasi Viktor Medvedchukning Moskva bilan aloqalari "2014-2015 yillarda davlatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetkazganini" iddao qilib keladi. Unga ko‘ra, oligarx Ukrainani energiya manbalarini diversifikasiya qilish imkoniyatidan mahrum qilgan.

Shuningdek, Medvedchukni "Putinning eng yaqin insonlaridan bittasi", deb ham ta’riflashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!