UFC jangchisi o‘z singillarini so‘yishga urindi
Mutlaq jangchilar chempionati jangchisi (UFC) Irvin Rivera o‘z singillariga hujum qilganidan so‘ng hibsga olindi, deb xabar bermoqda CBS Sports Floridadagi Boyton-Bich shahri polisiyasiga tayangan holda.
Polisiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shnilar ayollardan biri ularning eshigini jon holatda taqillatib: "U meni o‘ldirmoqchi. Yolvoraman, singlimga yordam bering", deya baqirganidan so‘ng uyg‘onib ketishgan.
Afti qonga belangan Rivera qo‘shnilarga hammasi joyidaligini aytgan va eshikni tambalab olgan, shundan so‘ng uydan qochib ketgan.
Chaqiriqqa yetib kelgan polisiyachilar sportchi qarorgohida uning kenja singlisini yelka, bosh va qo‘l jarohatlari bilan aniqlashgan. Katta singilning yuzi, yelkasi, qo‘llari va ikkala o‘pkasida jarohatlar borligi aniqlangan. Opa-singillar zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ayollardan birining ahvoli stabil, ikkinchisiniki og‘ir.
Polisiya Riverani qo‘lga olgan. Sportchi ikkala singlisini ham o‘ldirganiga shubha qilmagan. U polisiyachilarga hujumni "bu uning maqsadi bo‘lgani", buni unga "oliy hukumat buyurgani" tufayli amalga oshirganini aytgan.
Sportchi qotillikni amalga oshirishga uringanlikda ayblanmoqda, u hozirda Palm-Bich qamoqxonasiga yotqizilgan.