Uchqo‘rg‘onda karantinni buzib, IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatganlar jazolandi
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish bo‘yicha mamlakatimizda barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Dunyo miqyosida global muammoga aylangan pandemiya xavfini yumshatish va uning keng tarqalishini oldini olish borasidagi eng zarur choralardan biri bu shubhasiz axolining uyida bo‘lishi, zarur bo‘lgan xollarda ko‘chaga chiqmaslik va karantin qoidalariga qat’iy amal qilishdir. Aksincha xolat qonun doirasida chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Mamalakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin choralar bilan kurash olib borilayotgan ayni paytda mazkur qonun talabini xamma yaxshi biladi va bunga rioya qilayotganlar deyarli ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ammo oramizda shunday fuqarolar borki, ular nafaqat belgilangan tartib qoidalarga rioya qilmayapti, balki, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda xarakat qilayotganlar xam uchrab turganligi achinarli xolatdir. Uchqo‘rg‘on tumani Shaxrixonchek MFY Bahor ko‘chasida istiqomat qiluvchi Ikramjanov Mashrabjon Doniyor o‘g‘li va Aribjanov Sherali Xakimjanovichlar ana shunday fuqarolardandir.
Uchqo‘rg‘on tuman ma’muriy sudi raisi Ozodbek Ziyavitdinovning "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, huquqbuzarlar SH.Aribjanov va M.Ikramjanov 2020 yil 9 aprel kuni soat 20:40 larda alkogoldan mastlik holatida Uchqo‘rg‘on tumani, Shaxrixonchek m.f.y markazida, ko‘chada jamoat joyida niqobsiz yurib, hech bir sababsiz uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzib turgan vaqtlarida ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan Uchqo‘rg‘on tuman IIB xodimlarini qonuniy talablarini bajarmay, mayda bezorilik sodir etganlar.
Huquqbuzarlar SH.Aribjanov va M.Ikramjanovlarning yuqoridagi g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlari Uchqo‘rg‘on tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 10 aprel kuni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi va huquqbuzarlar SH.Aribjanov va M.Ikramjanovlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 54-moddasining 1-qismi, 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 34-moddasi tartibida 15 (o‘n) besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Aziz hamyurtlar, zaruriyat bo‘lmasa uydan chiqmang – uyda qoling. Karantin qoidalariga qat’iy rioya qiling! Bu bilan siz o‘zingizni, farzandlaringizni, yaqinlaringizni va butun O‘zbekiston halqini asragan va koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olishga juda katta xissa qo‘shgan bo‘lasiz.
