O‘chirish imkonsiz: Mo‘ynoqda katta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘chirish imkonsiz: Mo‘ynoqda katta yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq shaharchasi atrofidagi to‘qayzorda katta yong‘in chiqan. Sababini bilmaymiz katta hudud gektarlab maydonda yong‘in chiqan, bu yong‘inda to‘qayzordagi barcha hayvonlar o‘lishi mumkin" sarlavhasi ostida post e’lon qilingan.

Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan voqea joyiga borib o‘rganilganda, Mo‘ynoq tumanidagi "Ushsay" OFY hududidagi "Mo‘ynoq qo‘ltig‘i"dagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga kelib chiqqan.

Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q. Sababi qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat. Suvning keskin qaytib ketishi sababli hozirda qamishzor bo‘yidagi qamish tublari ahyon-ahyonda tutashi davom etmoqda, shamol kuchayganda esa tutun ko‘lami ortadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!