"UAZ" salonida qisilib qolgan haydovchi hayoti qutqarildi

"UAZ" salonida qisilib qolgan haydovchi hayoti qutqarildi

Joriy yilning 21 yanvar kuni soat 18:44 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Piskent tumani "Namuna" mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan "UAZ" yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelgan.

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga Olmaliq yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida haydovchini mashina salonidan chiqarib olishgan va darxol birinchchi tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yuborilgan.

Tezkorlik bilan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!